182 22/08/2024

Tinkoffning soxta ilovasi “iOS” uchun bepul dasturlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqdi. Firibgarlik ilovasi “T-Bank Wishlist Tracker” deb nomlanadi. 20-avgust holatiga ko‘ra, u eng mashhur bepul dasturlar ro‘yxatida 15-o‘rinni egallab turibdi.

Sanksiyalar boshlanganidan buyon Tinkoff, Sber, Alfa, VTB kabi banklarning ilovalari “App Store”, “Google Play”, “Galaxy store” va boshqa onlayn do’konlarda o’chirib yuborildi. Shundan beri vaqti-vaqti bilan firibgarlar vaziyatdan foydalanib soxta ilovalar yasab, odamlarni aldamoqda.

Soxta ilovalarni yuklash xavfli ekanligini yodda tutish kerak. Ularning yordamida firibgarlar foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlariga va shu bilan birga ularning bank kartalaridagi pullarini o’g’irlashlari, bank kartlaridan noqonuniy maqsadlarda foydalanishlari mumkin.

Har qanday bank ilovalarini bank xodimlari bilan birga, imkon boricha bank ofisida yuklab olish kerakligini unutmang.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya