Rossiya Xavfsizlik kengashi (СБ) barcha muhojirlarni jinoyatchi yoki terrorchi deb atamaslikni so‘radi. Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Yuriy Kokovning aytishicha, 2024-yilning mart oyida “Krokus Siti xoll”da sodir etilgan teraktdan so‘ng odamlarda muhojirlardan qo‘rquv kuchaygan. Lekin hammani birdek hisoblab bo‘lmaydi: Rossiyada turli millat va din vakillari yashaydi.
Kokov yaxshi niyat bilan kelganlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish va oldindan yomon gumon qilinmaslik kerakligini ta’kidlagan. Agar muhojirlarga moslashishga yoki jinoyatlar bilan kurashishga yordam berish kerak bo’lsa, har bir shaxs bilan alohida ishlash lozim.
Shuningdek, u Rossiya noqonuniy migratsiya va terrorizmga qarshi kurashda yakka holda harakat qila olmasligini qayd etgan. MDH, KXShT, ShHT va BRIKS davlatlari bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilishi kerak. Rejalarda jangarilarning umumiy ma’lumotlar bazasini yaratish, “yo qonunbuzarni ekstraditsiya qilamiz, yoki o‘zimiz hukm qilamiz” tamoyili bo‘yicha chet elda ekstraditsiya yoki sud jarayonini soddalashtirish kiradi.
Yuriy Kokovning aytishicha, bu ish davom etadi, chunki migratsiya va terrorizm masalalari har bir inson xavfsizligi uchun muhim.