Maqola

595 10/07/2025

Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin o‘tkazgan yig‘ilishda migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning ko‘payayotgani haqidagi ma’lumotlar e’lon qilingan edi. Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning besh oyida migrantlar ishtirokida 18 873 ta jinoyat qayd etilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizga ko‘pdir. Umumiy jinoyatlar tarkibida migrantlarning ulushi 4,3 foizdan 5 foizga oshgan. Bastrikinning iddaosicha, migrantlar tomonidan jinsiy zo‘ravonliklar 22 foizga, o‘ta og‘ir jinoyatlar soni 57 foizga o‘sgan. Umuman, yil boshidan buyon qariyb 12,5 ming muhojir qonunni buzgan. Sudga o‘tkazilgan migrantlarga nisbatan jinoyat ishlari soni 15 foizga, migratsiya qonunchiligini buzgan mansabdor shaxslarga ochilgan ishlar esa 21 foizga oshgan.

Ammo Tyumen viloyatida chet el fuqarolari orasida jinoyatlar kamaygani qayd etildi.

Tyumen viloyati hokimiyati migratsiya holatini barqarorlashtirish, noqonuniy migratsiya kanallarini aniqlash va bostirish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Jumladan, migratsiya qonunchiligi buzilishi holatlarini aniqlash, shuningdek, “Noqonuniy migrant” va “Rezina kvartira” tezkor-profilaktika tadbirlari bo‘yicha 1,7 mingdan ortiq tekshiruv o‘tkazilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida 331 nafar chet el fuqarosi Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborilgan. Xorijiy ishchi kuchidan noqonuniy foydalangan 99 nafar ish beruvchi javobgarlikka tortilgan.

Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning besh oyida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 2024-yilning shu davriga nisbatan 62 foizdan ko‘proqqa kamaygan.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya