Мақола

67 24/03/2024

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov joriy yilning 22 mart kuni Moskva shahridagi “Krokus Siti Xoll”da sodir etilgan terakt munosabati bilan hamdardlik bildirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Toshkentdagi elchixonasiga keldi.

“2024-yil 22-mart kuni Moskva viloyatidagi “Krokus City Hall” konsert zalida sodir bo‘lgan fojiali terakt qurbonlari bo‘lgan Rossiya xalqi, oila a’zolari va yaqinlariga chuqur va samimiy hamdardligimizni bildiramiz.
Biz zo’ravonlik va terrorizmning hech qanday oqlashga asosga ega bo’lmagan barcha ko’rinishlarini keskin qoralaymiz. Ushbu og’ir soatda biz rus xalqi bilan birga motam tutamiz, xalqlarimiz o’rtasidagi hamjihatlik va do’stlik ruhini saqlab qolamiz.’

Qurbonlarning xotirasi abadiy bo‘lishi va jarohatlanganlar tezda sog’ayib ketishiga tilakdoshmiz.

Biz rus xalqining ushbu qiyin sinovni yengib o’tishi, tinchlik va xavfsizlikka intilishni davom ettirishiga ishonchimiz komil”, deb yozgan B. Saidov hamdardlik bildirib.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация