141 15/02/2024

Belgorod shahri va Belgorod oblasti aholisi raketa xavfi haqida ogohlantirildi. Shaharda sirena yoqilgan va portlashlar eshitilayapti. Ukraina bugun Rossiyaning Belgorod va Kirov oblastlariga raketa bilan hujum qilgani oqibatida Belgorod shahrida besh kishi, jumladan, bir nafar bola halok bo‘lib, 18 kishi yaralangan. Qurbonlar soni ortib bormoqda.

“Agar uyda bo‘lsangiz, derazalarga yaqinlashmang. Derazasiz devorlardan iborat (koridor, hammom, hojatxona, ombor) bo‘lgan xonalarga joylashing. Ko‘chada bo‘lsangiz, yashirinish uchun mo‘jallangan yerto‘lalarga tushing yoki boshqa xavfsiz joyga boring”, — deyiladi gubernator Vyacheslav Gladkovning telegramdagi kanalida.

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Belgorod va Kirov oblastlari Ukraina tomonidan yirik raketa hujumlariga uchragan. Kirov viloyatida neftni qayta ishlash zavodida raketa hujumi natijasida portlash yuz berdi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация