Moskva shahar hokimi Sergey Sobyanin Moskva shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining kengash yig‘ilishida ishtirok etib, poytaxtdagi migratsiya sohasidagi amalga oshirilgan ishlar natijalari haqida ma’lumot berdi. «Осторожно, Новости» nashri mavzu bo‘yicha asosiy fikrlarni keltiradi.
Sergey Sobyaninning ta’kidlashicha, Rossiya poytaxtida terrorizm va ekstremistik harakatlar bilan bog‘liq tahdidlar davom etmoqda. Moskva merining ma’lum qilishicha, hozirga qadar 900 ming xorijiy fuqaro biometrik nazoratdan o‘tkazilgan va barmoq izlari, fotosuratlarini taqdim etgan.
Qolaversa, migrantlarga taxminan millionta elektron karta berilgan. Ushbu kartalarda migratsiya qaydi, muhojirning maqomi, patentning mavjudligi, Rossiyaga kelish sanasi haqida barcha zaruriy ma’lumotlar kiritilgan.
Moskva shahrida talonchilik hujumlari 27,8% ga, tovlamachilik 21,7% ga, o‘g‘irliklar 15,9% ga ozaygan. Uylarga o‘g‘irlikka tushish holatlari 25,1% ga, jamoat joylarida sodir etilgan jinoyatlar soni 15% ga kamaygan.
Moskva hokimining ta’kidlashicha, huquqni muhofaza qilish organlari uchun asosiy muammolardan biri axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar hisoblanadi. Ular hozirda poytaxtdagi barcha jinoyatlarning deyarli yarmiga teng.