127 27/06/2024

Nos tufayli hamyurtlarimizning Rossiyada sudlangani haqida xabarlar tarqalgan edi, endi Turkiyada ham xuddi shuningdek voqea sodir bo‘ldi. “Turkiyadagi o‘zbeklar” telegram kanali bir vatandoshimizning nos tufayli tortgan azoblari haqida xabar bergan.

Turkiya poytaxti Anqaraga ishlash uchun borgan bir hamyurtimiz o‘zi bilan nos olgan ekan. Nos bilan Turkiya aeroportlaridan muammolarsiz o‘tgan. Oradan uch kun o‘tib nosni cho‘ntagiga solib ishiga ketayotgan o‘zbekistonlik polisiya tomonidan to‘xtatilgan. Turkiyalik polisiyachi umrida nos ko‘rmaganmi, uni giyohvand modda gumon qilib egasi bilan birga olib ketgan.

Deportatsiya markaziga qamab qo‘yilgan hamyurtimizni yaqinlari advokat yordamida chiqarishga qilgan urinishlari ham samarasiz ketdi. O‘rtada advokatga sarflangan 70 ming lira (2125 dollar) atrofida pul ham qulog‘ini ushlab ketdi.

Nihoyat hibsning qirqinchi kuni Elchixonaga yordam so‘rab murojaat qilishadi. Elchixonaning aralashuvidan so‘ng ham 12 kun o‘tib, nosning nos ekani aniqlandi va yurtdoshimiz qo‘yib yuborildi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya