
Ko’pgina migrantlar Rossiyaga pul topish uchun borishni orzu qiladilar. Lekin har qanday yo’l bilan chegarani kesib o’tish istagi yomon yakunlanadi. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan birining fuqarosi aynan shunday holga tushdi.
Bu odam ilgari Rossiyada yashagan va ishlagan. Yashash muddati tugaganidan so‘ng ham ketmagan. Buning uchun unga jarima solingan va deportatsiya qilingan. Shuningdek, unga 2027-yil yanvarigacha Rossiyaga kirish taqiqlangan.
Biroq, migrant har qanday yo’l bilan Rossiyaga qaytishga qaror qilgan.
Avvaliga u o’zgartirilgan shaxsiy ma’lumotlari bilan soxta pasport olgan. Ushbu «hujjat» bilan u chegarachilarni aldab, Rossiyaga kirishga muvaffaq bo’lgan.
Ammo uning baxti uzoqqa cho’zilmadi. 2025-yil mart oyida u qayta kirishga uringanida, chegarachilar uni vataniga qaytarib yuborishgan. Uyga qaytgach, bu odam yangi reja tuzdi: u rasman ismini o’zgartirib, yangi pasport oldi va may oyida yana Rossiyaga uchib ketdi.
Ammo bu safar “fokusi” o‘tmay qoldi. Tekshiruv natijasida uning Rossiyaga kirishi taqiqlangan odam ekanligi aniqlandi. Bu safar migrant sudga tortildi.
Samara viloyat sudi erkakni aybdor deb topdi va uni ikki yilga umumiy tartibli koloniyaga hukm qildi. Uning advokati qamoq o’rniga jarima so’rab, jazoni yumshatishga harakat qilsa-da, sud qarorni o’z kuchida qoldirdi.
Shunday qilib, Rossiyaga qanday bo‘lsa ham kirishni istagan muhojirning orzusi qamoq jazosiga aylandi.
Rossiyaga noqonuniy yo‘l bilan kirishga intilayotgan muhojirlarga tavakkal qilmaslik va qonunni buzmaslikni tavsiya qilamiz. Agar sizga kirish taqiqlangan bo’lsa, tizimni aldashga urinmang. Rossiya Ichki ishlar vazirligi, konsullik yoki sud orqali taqiqni bekor qilish kabi rasmiy yo‘llar bilan harakat qilish siz uchun yaxshiroq.
Aks holda, tirikchilik qilib, pul topish o’rniga qamoqqa tushib qolishingiz ham hech gap emas.