Maqola

636 15/08/2025

Rossiya Inson huquqlari kengashi a’zosi Kirill Kabanov o‘zining Telegram-kanalida rossiyaliklarga «ijtimoiy eksperiment» o‘tkazishni taklif qildi. U rossiyaliklarni migrantlar jamoat transportida telefonlari ekranida nima ko‘rayotganini poylashga chaqirmoqda.

Kabanovning da’volariga ko‘ra, muhojirlarning ko‘pchiligi go‘yoki MMA janglari, Suriyadagi urush sahnalarini tomosha qilishini yoki radikal xarakterdagi veb-saytlar va guruhlarga kirar emish. “Ishonmaydiganlar tajriba tariqasida yoningizdagi muhojirlarning telefon ekranida nima tomosha qilayotganini ko‘rishga urinib ko‘rishlari mumkin”, deydi u.

G‘aroyib familiya egasi Kabanov nahotki bunday xatti-harakatlarni axloqsizlik ekanini bilmasa?! Boshqa odamlarning shaxsiy qurilmalarida nimani ko‘rayotganini poylash josuslik, odobsiz hisoblanadi va kishining fuqaroligidan qat’i nazar, shaxsiy chegaralarni buzadi.

Kabanov avvalroq muhojirlarning rossiyaliklarni “siqib chiqarish” istagi haqida bayonot bergan edi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya