Maqola

180 19/06/2024

Rossiya oliy sudi migrant bolalarning spespriyomnikka tushishi masalasini ko’rib chiqdi. Unga ko’ra, sudlar Rossiya Federatsiyasi hududida migrant bolalarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari mavjudligi bilan bog’liq holatlarni hisobga olishlari kerak.

Rossiya oliy sudi plenumi qaror loyihasida migrant bolalar va ularning qonuniy vakillari vaqtincha saqlash hibsxonalariga yoki yopiq ta’lim muassasalariga joylashtirilganda tegishli xorijiy davlatning konsullik mansabdor shaxslari bilan bog’lanish, ular bilan aloqada bo’lish kabi erkinligi kabi huquqlari to’g’risida sud tomonidan xabardor qilinishi ham belgilangan.

 

Biz o’tgan oy so’nggida o’zbekistonlik 4 nafar voyaga yetmagan bolalar Yekaterinburgdagi migrantlar qamoqxonasida 2 oy davomida qolayotgani haqidagi mavzuni yoritgandik. Videolavhani e’lon qilishdan oldin ikkinchi tomon, ya’ni Yekaterinburgdagi konsullik bilan bog’lanib, izohini olganmiz va uni lavhaga kiritganmiz.

Ammo videolavha e’lon qilingandan keyingi kuni Konsullik vakili Telegram kanallarda voqeaga izoh berdi. Unda videolavhada konsullikning mehnati aytib o’tilmagani ta’kidlangan. Qolaversa, konsullik vakili migrant ayolning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarga diqqatni qaratishga uringanini ko’rish mumkin.

Videolavhada 2 daqiqa davomida yurist tomonidan aytilgan so’zlar esa negadir inobatga olinmagan. Videolavha muallifi sifatida jurnalist Sohiba Hayot ham bunga o’z munosabatini bildirdi:

”Bu mavzu hali yopilmaganini,  aksincha bu borada ochiq qolgan savollarimiz borligini yozdim. Shundan so’ng bir akkaunt egasi Telegramdan barcha savollarimizga javob berishini ma’lum qildi. O’zini tanishtirishini so’raganimda chatni o’qidi-yu, javob bermadi. Shu bilan birgan konsullik yoki aloqador tashkilotlarning saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hech qanday rasmiy munosabaat berilmadi.”

Mazkur videolavha e’lon qilinganidan so’ng, ikki oy spespriyomnikda qolgan bolalar 2 kunda vatanga jo’natildi. Ammo bu bilan muammo bitmadi, savollar esa haligacha ochiq turibdi.

4 nafar voyaga yetmagan bolalar migrantlar qamoqxonasida saqlanishiga qanday yo’l qo’yildi? Voyaga yetmagan o’zbakistonliklarning migrantlar qamoqxonasida qolishiga nega rasmiylar jiddiy kirishmadi?

Bu mavzu nega jiddiy ekanini, bolalar bilan bunday holat qayta takrorlanmasligi uchun  nimalar qiilish kerakligini tahlil qildik. Migrantlar uchun ham, rasmiylar uchun ham bolalar Rossiyada migrantlar qamoqxonasiga tushib qolmasligi uchun nima qilish kerakligini aniqlashtirish maqsadida migratsiya va oila masalalari bo’yicha yurist Zarnigor Omonillayeva bilan suhbatlashdik.

Jurnalist: Spespriyomnikdagi bolalar bo’yicha konsullik qanday chora tadbirlar ko’rishi kerak edi?

Yurist: O’zbekiston Republikasi fuqarolari hisoblagan voyaga yetmagan bolalar qayerda bo’lishidan qat’iy nazar, birinchi navbatda, O’zbekiston Republikasining himoyasida. Ular qanday sharoitda qolib ketishidan, ota onasi kim bo’lishidan yoki qanday huquqbuzarlik sodir etganidan qat’iy nazar ular himoya qilishini kerak.

Ya’ni ota-onasinining mavqeyi, maqomi, xatosi yoki qilgan ishlari uchun bolalar javob bermaydi. Qonunchilikka ko’ra, bolalar ota-onalar uchun javob berishi belgilanmagan va bolalar ota-onalar tushib qolgan vaziyatda hech qanday jabr ko’rmasliklari kerak. Buning uchun davlat bolalarni himoya qilish bo’yicha majburiyatlarini amalga oshiradi va bolalarni bevosita himoya qiladi. Agar davlat nomidan mas’ul tegishli xodimlar himoya qilmasa, bu bo’yicha  hech qanday hatti-harakatni amalga oshirmasa, ular qonunni buzgan hisoblanadi va tegishli tartibda javobgarlikka tortilishlari kerak. Chunki bolalarni huquqlarini ta’minlash davlat vakillarining ham majburiyati sanaladi.

Bundan kelib chiqib, spespriyomnikda qolib ketgan 4 nafar voyaga yetmagan bolalarning huquqlari buzilganini ko’rish mumkin.

Jurnalist:— Milliy qonunchilikda bolalarning qanday majburiyatlari bor?

Yurist:— O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi bo’yicha bolalar ta’lim olishi kerak, bu erkin tanlov emas, majburiy. Ta’lim jarayoniga to’sqinlik qillishga esa hech kimning haqqi yo’q. Spespriyomnikka tushgan bolalar misolida aytsak, birinchi navbatda, ular ta’lim olishlarini, tibbiy ko’rikdan o’tishlarini, kerakligi oziq-ovqat olishlarini va jismoniy rivojlanish uchun kerak bo’lgan jismoniy harakatlarni amalga oshirishlarini konsullik ta’minlashi kerak edi.

Bu yerda e’tiborni qaratish kerak bo’lgan bir jarayon bor, bolalarni huquqlarini himoya qilish nafaqat milliy qonunchiligimizda, balki Rossiya qonunchiligida ham majburiyat edi.

Avvalo ularning huquqlariga O’zbekiston Respublikasi tomonidan konsullik yordam berishi kerak edi. Ya’ni konsullik bola huquqlarini ta’minlashga mas’ul bo’lgan barcha mahalliy idoralarning diqqatini migrantlar qamoqxonasidagi bolalarga qaratishi, birinchi navbatda, Rossiya ichki ishlar vazirligining voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha bo’limiga xabar berishi lozim edi. Undan keyin esa Rossiyadagi ijtimoiy himoya xizmatiga yoki Rossiya Federatsiyasining bolalar ombusdmaniga, shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasining bolalar ombusdmaniga murojaat qilsa ham bo’ladi.

O’zbekiston tomonidagi bolalar huquqlari ta’minlanishiga mas’ul tashkilotlar murojaatlari Rossiyaga yo’llanib, bu orqali

Rossiyada bolalarning huquqlarini himoya qilish tezlashtirilishi va yaxshiroq ko’rib chiqilishida konsullik aloqa vositasi bo’lib xizmat qilishi kerak edi. Nega? Chunki bu O’zbekiston qonunchiligidagi majburiyat.

Jurnalist: —Spespriyomnikka tushgan bolalar misolida aytishimiz mumkinki, konsulik tomonidan ushbu majburiyatlar yetarlicha to’g’ri tashkillashtirilmagan. Bunga jiddiy munosabatda bildirish kerak. Nima uchun?

Yurist: — Nima uchun?! Chunki bolalar Rossiyaning boshqa qismida shunday holatga tushib qoladigan bo’lsa, konsullik nima qilish kerakligini bilish uchun, to’g’ri, tez, samarali hatti-harakatlarni amalga oshirishlari uchun, bolalar huquqlarini himoya qilishni kechiktirmaslilk uchun, kamida ma’muriy huquqbuzarlikka hech kim tortilmasligi uchun va yordam chora-tadbirlari tartibini qayta ko’rib chiqish  uchun o’rganib chiqish kerak. Bundan tashqari, idoralarda surishtiruv o’tkazilsa, kimni xatosi qayerda ekanligini yoki mavjud sabablarni topish mumkin. Surishtiruv orqali ish faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’yish yoki modernizatsiya qilish haqida xulosaga kelish ham mumkin.

Bular qilinmasa, O’zbekiston fuqarosi bo’lgan bolalar istalgan chet davlatlarida huquqlari ta’minlanmasdan qolaveradi. Bolalar jabrdiyda bo’lmasligi kerak.

Jurnalist: —Agar bolalar spespriyomnikka tushib qolsa, ota-onalar nima qilishi kerak?

Yurist: Bu vaziyatda bolalarning huquqlarini ta’minlash bo’yicha ariza yozish kerak. Bolalarning yashashi uchun kerak bo’lgan sharoitlar haqida murojaat qilish lozim. Iloji boricha barcha murojaatlarni  yozma bering va bu spespriyomnikka tushgunga qadar oraliqda amalga oshiring. Bu masalada sizga konsulliklar, advokatlar, jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari yordam berishi mumkin. Agar to’g’ridan-to’g’ri murojaatlar bo’lmasa, voyaga yetmagan bolalarning huquqlari buzilyotgani, munosib bo’lmagan sharoitlarda qolishi va ijtimoiy ta’minotdan uzilishi kabi holatlar mavjudligi e’tiborga tushmaydi va axborotsizlik paydo bo’ladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya