
Moskva viloyatining Lyubersi shahrida polisiya bolalarni noodatiy holatda olib ketayotgan odamlarni aniqladi. “Dostavka”da ishlaydigan ikki migrant yosh bolalarini elektr velosipedlar bagajiga o‘rnatilgan termosumkalarda olib ketgani tasvirlangan video polisiya qo‘liga tushgan.
«Internetdagi videolarni kuzatgan polisiya ikki yetkazib beruvchi bolalarni elektr velosipedlar bagajiga o‘rnatilgan kuryer sumkalarida tashiyotgani aks etgan videolavhani topdi», deb xabar bergan Moskva viloyati Ichki ishlar vazirligi Bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Ichki ishlar vazirligi vakili Irina Volkning so‘zlariga ko‘ra, “dostavkachi”lar 31 va 61 yoshli Markaziy osiyoliklar ekanligi aniqlangan. Ular ikki yoshli o‘g‘il va qiz bolani sumkada olib ketayotgan ekan. Huquqbuzarlar o‘z ayblarini tan olishdi va buni boshqa takrorlamaslikka va’da berishdi. Migrantlarga qarshi yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy bayonnomalar tuzildi va ulardan biri Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganligi ham aniqlandi.