
Yangi Moskvada, bu safar Filatov Lug turar-joy majmuasida migrantlar o’rtasida yana janjal bo‘lib o‘tdi. Pichoq va boltalar ishlatilgan “jang”da ikki kishi jarohatlangan.
Guvohning so’zlariga ko’ra, u o’z uyidan chiqib ketayotganida to’satdan yaqiniga o‘tkir narsalar uchib kelgan. U janjal ishtirokchilardan biri hatto bolta ham otganini iddao qilgan. Erkak voqeani telefoniga yozib olishni boshlagan, ammo kimdir uning oldiga yugurib kelib, bo’ynidan ushlab, pichoq bilan qo‘rqitib, suratga olishni to’xtatishni talab qilgan. Shundan so‘ng tezda taksida voqea joyidan ketgan.
Oldinroq “Prokshino” turar-joy majmuasidagi qurilayotgan obyektda ham ommaviy mushtlashuv sodir bo’lgan edi. O‘shanda besh kishi jarohatlangan va politsiya 80 dan ortiq ishtirokchini hibsga olgan.