Maqola

344 30/01/2025

«Репортёр» nashrining yozishicha, Latviyada Rossiya fuqarolari soni kamaymoqda. Agar 2021-yilda bu mamlakatda 51 ming rossiyalik yashagan bo‘lsa, hozir ularning soni o‘n mingga kamaygan. Bu haqda siyosatshunos Konstantin Dvinskiy e’tibor qaratdi. Uning fikricha, bunday kichik davlat uchun bu katta raqam.

Shu bilan birga, faqat 2024-yilning o‘zida Latviyaga 30 ming o‘zbek kelgan (mamlakat aholisining 1,6%).

Latviya Davlat chegara xizmati vakili Rinalds Beliyning ta’kidlashicha, O‘zbekistondan kelayotgan reyslar juda faol – har hafta Riga aeroportiga bir necha yuzlab o‘zbeklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar orqali yetib kelmoqda.

Markaziy Osiyo respublikasidan kelgan ko‘plab fuqarolar Latviyani faqat tranzit hudud sifatida ko‘rib, Germaniya kabi «jannatmakon» joylarga borishni maqsad qilgan. Ammo ayrimlari Baltika mintaqasida qolib ketmoqda. Seymning ichki xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Edvin Shnore xorijliklarni tekshirish uchun yetarli kadrlar yo‘qligidan xavotir bildirmoqda – chunki kelayotganlar oqimi katta, nazoratchilar esa kam.

2023-yilda 20 ming xorijlik Latviyada ishlash uchun ruxsat olgan, ularning 6 ming nafari o‘zbeklar. Faqat rasmiy migrantlar soni bir butun tuman aholisiga teng. Ilgari bunday holat kuzatilmagan.

Xuddi shunday vaziyat qo‘shni Litvada ham ro‘y bermoqda. U yerda 2021-yildan buyon o‘zbeklar soni 14 barobarga oshgan. Hozirda ular mamlakatda to‘rtinchi eng katta diasporani tashkil etmoqda. Birinchi o‘rinda ukrainlar (77,5 ming), ikkinchi o‘rinda belaruslar (61,3 ming), uchinchi o‘rinda rossiyaliklar (15,3 ming), to‘rtinchi o‘rinda esa o‘zbeklar (10,6 ming) joy olgan.

«Hozircha litvaliklar va latishlar jiddiy tashvishga tushmagan, ammo yaqin kelajakda bunga afsus qilishi mumkin. Chunki demografik o‘zgarishlar yuz bermoqda – mahalliy aholi katta sur’atda kamayib, chet elga ko‘chib ketmoqda. Masalan, 1991-yildan 2024-yilgacha Litva aholisi 3,7 milliondan 2,8 millionga (-25%) kamaygan, Latviyada esa shu davrda 2,65 milliondan 1,87 millionga (-29,5%) tushgan. O‘zbekistonliklar orasida esa tug‘ilish darajasi ortib bormoqda», deb yozadi manba.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya