Maqola

423 14/12/2025

Oʻzbekiston Migratsiya Agentligi Moskva va Moskva viloyatida taxminan 15 ta hostel va arzon mehmonxonalar bilan shartnomalar imzolaganini maʼlum qildi. Ushbu yotoqxonalar uysiz yoki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan Oʻzbekiston fuqarolariga ko‘mak bo‘ladi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, tunash uchun joysiz qolgan migrantlar Migratsiya Agentligining Moskvadagi ofisiga murojaat qilsa, ularning ahvoli koʻrib chiqilgandan soʻng 30 kungacha bepul yashash joyi berilishi mumkin.

Agentlik shuningdek, Rossiyaning boshqa mintaqalari — Shimoli-gʻarbiy, Ural, Sibir, Uzoq Sharq va Janubiy federal okruglaridagi hostellar bilan ham muzokaralar olib bormoqda. Ushbu yordam butun mamlakat boʻylab migrantlar uchun boʻlishi rejalashtirilgan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 2025-yil yanvaridan sentyabrgacha chet elga ishlash uchun ketgan Oʻzbekiston fuqarolari soni 38 foizga oʻsib, 1,86 millionga yetdi. Faqat Rossiyada bu yil uyushgan yollash orqali 106 mingdan ortiq oʻzbekistonlik ish bilan taʼminlandi va Rossiyada taxminan 1,3 million oʻzbekistonlik migrant bor.

 

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya