Braziliya Adliya vazirligi mamlakatdan boshpana so‘rab, so‘ngra AQSh va Kanadaga ko‘chib o‘tishga uringan ba’zi osiyolik muhojirlarga kirishga cheklovlar qo‘yganini e’lon qildi. Dushanbadan boshlab Braziliyada qolish uchun vizaga muhtoj boʻlgan muhojirlarning kirishi cheklanadi. Bunga sabab migrantlar shimolga sayohatlarini davom ettirish uchun San-Paulu aeroportiga ko’chib o’tgandan keyin Braziliyada qolish holatlari bo’lgan.
Aeroportda boshpana so‘rab murojaat qilganlarning aksariyati Hindiston, Nepal va Vetnam fuqarolari. Vizasiz muhojirlarga sayohatni davom ettirish yoki oʻz mamlakatiga qaytish imkoniyati beriladi.
O‘tgan yil boshidan beri San-Pauludagi Guarulyos aeroportida muhojirlar oqimi tufayli tartibsizliklar kuzatilmoqda. Adliya vazirligining taʼkidlashicha, yangi qoidalar San-Paulu aeroportida hozir boʻlib turgan 484 nafar muhojirga taʼsir qilmaydi.
Braziliya federal prokuraturasi migratsiya tizimiga yuklama oshganini aytib, aviakompaniyalarga muhojirlarni asosiy ehtiyojlar bilan ta’minlash uchun bosim o‘tkazishga va’da berdi.
Braziliyada boshpana so’rovlari soni sezilarli darajada oshdi va 2024-yilning birinchi yarmida 9082 taga yetgan. Braziliya, qochqinlar uchun oldindan ochiqligiga qaramay, tizim Gaiti, Suriya, Afg’oniston va Ukrainadan kelgan muhojirlar tufayli to’lib-toshgani sababli, gumanitar viza berish qoidalarini qattiqlashtirdi.