Maqola

335 08/04/2026

Buryatiya Respublikasidagi sud ijrochilari Rossiya migratsiya qonunlarini buzgan O‘zbekiston Respublikasining 19 nafar fuqarosidan iborat guruhni mamlakat hududidan chiqarib yubordi, deb xabar beradi Buryatiya Respublikasi bo‘yicha Federal sud ijrochilari xizmati.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Ulan-Ude boshqarmasi tomonidan berilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar asosida boshlangan ijro ishlari doirasida noqonuniy migrantlar Baykal ayeroportiga olib borildi.

Chegara nazoratidan o‘tib, zarur protsessual hujjatlarni to‘ldirgandan so‘ng, barcha xorijiy fuqarolar Toshkentga qaytarib yuborildi.

2026-yil fevral oyi oxiriga kelib, Buryatiyadan 166 nafar noqonuniy migrant (asosan Oʻzbekiston va Tojikistondan) deportatsiya qilingan.

Taqqoslash uchun: 2024-yilda Buryatiyadan 368 nafar migrant “vidvoreniye” qilingan, 26 ta deportatsiya qarori chiqarilgan.

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya