Maqola

142 11/06/2024

Moskvada ommaviy mushtlashuv  vaqtida quruvchi qornining past qismiga pichoq bilan zarba berilgan. Pichoqlagan muhojir Rossiyadan qochishga urindi.

“Shot” telegram kanalining xabar berishicha, Moskvaning ” Царицыно-2″ turar joy kompleksida quruvchilar buyurtmani bo‘lisha olmay qolgan. Natijada janjal va mushtlashuv ro‘y bergan.

Shu vaqt 32 yoshli quruvchi hamkasbining qorniga pichoq uradi va Rossiyadan qochishga urinadi. Zo‘ravonni Domodedovo aeroportidan Tojikistonga uchmoqchi bo‘layotganda qo‘lga olishgan.

Pichoqlangan muhojir og‘ir jarohat bilan shifoxonaga yotqizildi. Ayni vaqtda uning hayoti uchun shifokorlar kurashmoqda.

Gumonlanuvchiga nisbatan “Qasddan salomatlikka og‘ir jarohat yetkazish” moddasi bilan jinoiy ish ochilgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya