Chet elga ishga bormoqchimisiz? Aldovlarga chuv tushmang!

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida fuqarolarni aldab, ularning katta miqdordagi mablag‘larini o‘zlashtirgan bir guruh firibgarlarga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Mazkur jinoiy guruh 2023-yilning yanvar oyidan boshlab bir nechta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) tuzib, odamlarni Yevropa davlatlariga ishga yuborish va viza rasmiylashtirish va’dasi bilan chuv tushirgan. Firibgarlar o‘z tuzoqlariga odamlarni ilintirish...








