Turkum: Туркумсиз

O‘zbekistonliklar Dubayda taksi haydashga jalb etilishi rejalashtirmoqda

O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi vakillari Birlashgan Arab Amirliklaridagi “Dubai Taxi Company PJSC” kompaniyasi rahbari Sayid Amin Abdurahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida O‘zbekistondan malakali haydovchilarni BAAda qonuniy ravishda ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda BAA tomoni O‘zbekiston hukumati tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish...

Muhojirlarga qarshi reydlarda politsiya itlari ham qatnashdi

Moskvada politsiya xodimlari maxsus tezkor harakat (SOBR) xodimlari va politsiya itlari bilan birgalikda Severnoye Medvedkovo tumanida joylashgan kafeda tungi reyd o‘tkazdi. Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tekshiruvdan ko‘zlangan maqsad migratsiya qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘lgan. Biroq e’lon qilingan kadrlarda barcha mijozlar, jumladan, Rossiyada qonuniy istiqomat qiluvchilar ham yerga yuztuban...

Tramp hukumatlarni o‘z fuqarolarini migrantlardan himoya qilishga chaqirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp 23-sentyabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlab, xalqaro tashkilotni qattiq tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot nafaqat o‘z majburiyatlarini bajara olmayapti, balki global muammolarni, xususan, migratsiya bilan bog‘liq muammolarni ham kuchaytirmoqda. Trampning eslatishicha, BMT 2024-yilgi byudjetida AQSHga kelayotgan muhojirlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 372 million dollar...

Tulada O‘zbekiston fuqarosi giyohvand modda bilan qo‘lga tushdi

Tulada 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi giyohvand moddalarni tarqatishga uringani uchun hukm qilindi. Bu haqda Tula viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi. Tergov jarayonida aniqlanishicha, may-iyun oylarida erkak noma’lum shaxs bilan til biriktirgan. U sherigidan yuzdan ortiq metadonning paketini olgan. Rejaga ko’ra, og‘uni «zakladka» orqali tarqatish kerak edi. Sud uni...

Rossiyalik o‘qituvchilarga migrant o‘quvchilarni kuzatish topshirildi

Rossiya maktablarida o‘qituvchilarga migrant oilalar o‘quvchilarining so‘zlarini diqqat bilan kuzatish tavsiya etildi. Ta’lim vazirligi tomonidan Ta’lim va fan vazirliklari hamda Ichki ishlar vazirliklari bilan birgalikda tayyorlangan uslubiy materiallarga ko’ra, bunday amaliyot o’smirlarda noqonuniy xatti-harakatlarga moyillikni aniqlashga yordam beradi. «Vedomosti» Boshqirdiston, Sverdlovsk va Smolensk viloyatlari ta’lim vazirliklari veb-saytlarida joylashtirilgan hujjatga...

Rus pravoslav cherkovi yana muhojirlar bilan qo‘rqityapti

Rus pravoslav cherkovi yana bir bor migratsiyani Rossiya uchun asosiy tahdidlardan biri deb e’lon qildi. Moskva Patriarxati ma’muri, Voskresensk mitropoliti Grigoriy «Rossiya 24» kanalidagi «Cherkov va dunyo» ko’rsatuvida migratsiyani tug’ilishning past darajasi va Ukraina urushi oqibatlari bilan bir qatorga qo’ydi. Mitropolitning so’zlariga ko’ra, bir qator hududlar allaqachon o’z fuqarolarini...

Tyumenda muhojirlar qaysi sohalarda ko‘proq ishlayapti?

Tyumenda migrantlar 2025-yilda 16 mingga yaqin patent oldi, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,2 baravar ko‘pdir, deb xabar bergan viloyat mehnat boshqarmasi. Muhojirlarning ko‘pchiligi qurilishda ishlaydi. “Hozirgi kunda chet ellik ishchilarning qariyb 80 foizi qurilish sohasida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgani shu sohada chet ellik ishchilarga bo‘lgan ehtiyojning ko‘pligini bildiradi”, —...

Rossiyada millionlab ishchilar yetishmaydi: muhojirlar ketmoqda, yangilari kelmayapti

Rossiyada jiddiy ishchi kuchi tanqisligi davom etmoqda. Mutaxassislarning fikricha, mamlakatda 2,4 milliondan 3 milliongacha ishchi yetishmaydi va bu defitsit 2030-yilgacha barham topishi dargumon. Bu haqda The Moscow Times nashri xabar bermoqda. Rossiya Sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (РСПП) prezidenti Aleksandr Shoxin bu tanqislikni mehnat unumdorligini oshirish yoki boshqa ichki resurslar...

Rossiyada migrantlarning xatti-harakati va ularning farzandlari tarbiyasi muhokama qilinmoqda

Rossiya prezidenti maslahatchisi va Inson huquqlari kengashi rahbari Valeriy Fadeyev mamlakatda istiqomat qilayotgan ayrim muhojirlarni qattiq tanqid qildi. Uning da’vo qilishicha, muhojirlar ko‘pincha Rossiyadagi zamonaviy hayotga mos kelmaydigan odat va urf-odatlarni olib kelishar ekan. Fadeyev, ayniqsa, maktabga bormayotgan migrant bolalar muammosi uni tashvishga solayotganini aytdi. «Konstitutsiya va qonunlarga ko‘ra...

Rossiyaliklarning atigi 3 foizi muhojirlarni iqtisodiyot uchun foydali deb hisoblaydi

Novosti Mail so‘rovi natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarning atigi 3 foizi muhojirlarni Rossiya iqtisodiyotini rivojlantirish uchun foydali deb hisoblaydi. So‘rovda qatnashganlarning ba’zilari (40%) muhojirlar oqimi tufayli jamiyatda keskinlik kuchayganini ta’kidlagan bo‘lsa, rossiyaliklarning deyarli to‘rtdan biri (23%) muhojirlar Rossiya qonunlariga rioya qilishi zarurligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, rossiyaliklarning 22 foizi migratsiya maktablar,...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya