Qamoqdan frontga: Murodjonning og‘ir qismati

Samarqand viloyati Jomboy tumanida ko‘rilgan bir jinoyat ishi orqali zamonaviy migratsiya, pul topish ilinji va o‘ylanmay qilingan qarorlar qanday oqibatlarga olib kelishi yana bir bor namoyon bo‘ldi. Sud hukmi bilan Murodjon (ismi o‘zgartirilgan) aybli deb topildi. Endigina yigirmaga to‘lgan yigit 2022-yil bahorida Rossiyaga ish izlab yo‘l olgan. Sankt-Peterburgda oddiy...

Chet elga ishga bormoqchimisiz? Aldovlarga chuv tushmang!

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida fuqarolarni aldab, ularning katta miqdordagi mablag‘larini o‘zlashtirgan bir guruh firibgarlarga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Mazkur jinoiy guruh 2023-yilning yanvar oyidan boshlab bir nechta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) tuzib, odamlarni Yevropa davlatlariga ishga yuborish va viza rasmiylashtirish va’dasi bilan chuv tushirgan. Firibgarlar o‘z tuzoqlariga odamlarni ilintirish...

Medvedev migrantlarning kompakt yashashiga qarshi

Rossiya migrantlarning yashash sharoitlari ustidan nazoratni kuchaytirishi mumkin. Bu haqda Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev idoralararo komissiya yig‘ilishida ma’lum qildi. U muammolardan biri migrantlar mahalliy aholidan ajrab, alohida jamoalarda yashaydigan «etnik gettolar» ekanligini ta’kidladi. Uning iddaosicha, bunday sharoitlarda odamlarga moslashish, tilni o‘rganish va mahalliy qoidalarga rioya qilish qiyinroq...

Yevropa Ittifoqi va Rossiya migrantlar ustidan nazoratni kuchaytirmoqda

2026-yil boshiga kelib, Yevropa ham, Rossiya ham migrantlar uchun qoidalarni sezilarli darajada kuchaytirdi. Buning sabablari turlicha, ammo natijalar o‘xshash edi: tekshiruvlar ko‘paydi, deportatsiyalar tezlashdi va nazorat kuchaydi. Hozirda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida yangi migratsiya rejasi amal qilmoqda. Asosiy maqsad hujjatlarni tezroq qayta ishlash va rad etilgan arizachilarni tezroq uylariga jo‘natish....

“Deport” qilish uchun sabablar ko‘payishi mumkin

Davlat Dumasiga muhojirlar uchun qoidalarni sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin bo‘lgan qonun loyihasi kiritildi. Ushbu o‘zgartirishlar Ichki ishlar vazirligining taklifiga binoan hukumat tomonidan tayyorlangan Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga tegishli. Hujjatga chet elliklar Rossiyadan deportatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan 58 ta yangi qoidabuzarlikni qo‘shish rejalashtirilgan. Izohlarda aytilishicha, asosiy maqsad rasmiylar...

“Urushga ketganimni ota-onamga aytmaganman” – o‘zbekistonlik asirning aytganlari

Bugungi kunda Ukrainadagi harbiy asirlar lagerlarida yuzlab markaziy osiyoliklar, xususan, o‘zbekistonliklar tutqunlikda saqlanmoqda. Ulardan biri Chirchiq shahrida tug‘ilgan, so‘nggi yillarda Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida istiqomat qilgan 41 yoshli muhojir G‘ulomjon Azizovdir. Yigirma yil Rossiyada mehnat qilgan G‘ulomjon o‘z ishining ustasi sifatida yaxshi daromad qilgan: shaxsiy dala hovlisi, ikkita yengil...

Karta topib olib, ozodligini yo‘qotdi

Lipetskda 43 yoshli migrant o‘zganing bank hisobidan pul o‘g‘irlashda ayblanmoqda. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Lipetsk viloyati boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, voqea o‘tgan yilning dekabr oyida sodir bo‘lgan. Erkak ko‘chada lipetsklik fuqaro tushirib qo‘ygan bank kartasini topib olgan. Uni politsiyaga yoki egasiga berish o‘rniga muhojir kartadagi pullardan sarf qila boshlagan....

“Oson pul” topish niyati urushga yetakladi

Ba’zan odamlar yaxshi ish, yuqori maosh ilinjida chet elga yo‘l oladi. Ammo har doim ham bu qaror kutilganidek tugamaydi. 2024-yil 22-iyun kuni ish topish maqsadida chet elga yo‘l olgan namanganlik U.J. ismli fuqaro ham minglab insonlar kabi begona yurtga rizq izlab ketgan edi. Ammo birgina xato uning taqdirini butunlay...

Migrantlar va qo‘riqchilar mushtlashdi

26-martdan 27-martga o‘tar kechasi Leningrad viloyatidagi Ust-Lug portida gazni qayta ishlash zavodida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mojaro “Velesstroy” uchastkasida qozog‘istonlik ishchilar va qo‘riqchilar o‘rtasida maishiy muammolar tufayli yuzaga kelgan. Janjal paytida avtobusga zarar yetgan. 31 nafar muhojir politsiya bo‘limiga olib ketilgan, ulardan 16 nafari...

AQSHdan deportatsiya qilinganlar qaysi davlatga boradi?

Kosta-Rika ma’muriyati e’lon qilgan Qo‘shma Shtatlar bilan dastlabki kelishuvga ko‘ra, bu mamlakatga Qo‘shma Shtatlardan deportatsiya qilingan migrantlar qabul qilinadi. Ular orasida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelganlar ham bo‘ladi, deb xabar bergan Reuters. Yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, ammo haftasiga 25 kishigacha Kosta-Rikaga yuborilishi mumkinligi ma’lum. Qo‘shma Shtatlar, o‘z navbatida, moliyaviy...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya