Rossiyada WhatsApp akkauntini birovga berganlar 10 yilgacha qamalishi mumkin

WhatsApp akkauntini (Meta kompaniyasiga tegishli, faoliyati Rossiyada taqiqlangan) birovga vaqtincha foydalanish uchun bergan bo‘lsangiz va sizning akkauntingizni firibgarlik maqsadida ishlatishsa buning uchun siz 10 yilgacha qamoq jazosiga tortilishingiz mumkin. Bu haqda Rossiya IIVning Xavfsizlik boshqarmasi matbuot xizmati ogohlantirdi. Xabarda aytilishicha, WhatsApp akkauntlarni call-markazlar «firibgarlik qilish maqsadida» ijaraga olishi kuzatilmoqda....








