Turkum: Россия хабарлари

Migrantlarning ketishi Leningrad oblasti fermer xo‘jaliklarida kadrlar yetishmasligiga sabab bo‘ldi

2024-yil boshida Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida qishloq xo‘jaligida ishchilarga bo‘lgan talab o‘tgan yilga nisbatan 31 foizga oshdi, deya xabar beradi HeadHunter. Faol rezyumelar soni Leningrad oblastida 19 foizga, Sankt-Peterburgda esa 1 foizga oshdi. Aprel oyida qishloq xo’jaligi ishchilariga bo’lgan talab ayniqsa yuqori bo’ldi: Leningrad oblastida talab 30% ga, Sankt-Peterburgda...

🔻 Rossiya Federatsiyasida chet ellik ishchilarning ish haqqi oshdi(mi?)

Xususan, ishchilar, qadoqlovchilar va ko’chiruvchilarning maoshi oshganligi xabar qilingan. “Kuryerlik va tozalash xizmatlari, shuningdek, novvoyxonalar xodimlarining oyliklari qariyb 30 foizga oshdi. 2023-yil yanvar oyida oddiy ishchilar 70 ming rubldan, 2023-yil dekabr oyida esa 140 mingdan ortiq mablag’ olgan. Qadoqlovchilar maoshi uchun esa xuddi shu davrda 75 mingdan 130 mingga...

Moskva shahrida RVPga kvota ajratish uchun arizalar 3,4,5,6 iyun kunlari qabul qilinadi

Hujjatlarni topshirish uchun 9:00 dan 17:00 gacha Saxarovodagi MMSga murojaat qilishingiz kerak. 📍 Manzil: Moskva, Varshavskoe shossesining 64-km, Voronovskoye qishlog’i 1, 47-bino, 1A-sonli kirish. U yerga Lesoparkovaya metro bekatidan MS1 avtobusi yoki Prokshino metro bekatidan MS2 avtobusida borish mumkin. Kvotaga ariza topshirish uchun MMSga kelib, talon olib, navbat kutish...

Krasnoyarskda reyd davomida migrantlarga 200 ming rublga yaqin jarima solindi

20-24-may kunlari Krasnoyarskda o‘tkazilgan migratsiya reydlari davomida politsiya 118 ta qonunbuzarlik holatini aniqladi. Tezkor xodimlar tomonidan 47 ta xorijiy fuqarolarning yashash va ish joylari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, uchta yo‘lovchi avtobusi va 1328 ta yengil yengil avtomobillar ham tekshirilgan. Muhojirlarning hujjatlarini tekshirish natijasida quyidagilar aniqlandi: 67 ta Rossiyaga kirish qoidalarini...

Rossiyada deport qilinganlar, fuqaroligidan mahrum qilinganlar ko‘paydi

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining tahliliy hisobotiga ko‘ra, 2024-yilning dastlabki uch oyida 22 mingga yaqin chet el fuqarosi Rossiyadan chiqarib yuborilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki barobar ko‘pdir. 6,8 mingdan ortiq xorijlik maxsus muassasalarda saqlangan holda Rossiyadan deport bo’lishini kutmoqda, bu ham o‘tgan yilga nisbatan ikki...

Sababsiz deportatsiya: Beknazar Rahmatovga Istanbuldagi Bosh konsulxona ham yordam bera olmadi

Turkiyada 4 yildan buyon ishlash ruxsatnomasi bilan yashaganiga qaramay, 28-may kuni Toshkentdan Istanbulga uchib kelgan bloger Beknazar Rahmatov maxsus xizmat vakillari tomonidan olib ketilgan.  Qizig‘i, butun boshli samolyotdan faqat Beknazar Rahmatovgina turk chegarachilarining nazariga tushgan. Beknazar O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi ham qo‘lidan kelgancha yordam berishga harakat qilgani, biroq oxir...

Imtihonni kutgan migrantlar tunni ko‘chada o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda

Voronejda o‘nlab muhojirlar tunni mahalliy davlat universiteti devorlari yonida o‘tkazmoqda. “Vesti Voronej” telekompaniyasining xabar berishicha, migrantlar rus tili va tarixi bo‘yicha test topshirish navbatini o‘tkazib yubormaslik uchun shunday qilishga majbur bo‘lishmoqda. Xususiy tashkilotlarga chet elliklarni imtihon qilish taqiqlanganidan keyin Voronej universiteti yagona test markazi bo‘lib qoldi. Imtihon natijalarisiz patent...

✔️SNILSni МФЦ «Мои документы»’da rasmiylashtirish imkoniyati tiklandi

Ma’lum muddat SNILSni “Moi dokumenti” (МФЦ «Мои документы») markazida olib bo‘lmayotgandi. SNILS rasmiylashtirish uchun kelgan muhojirlar “baza ishlamayapti” deb qaytarib yuborilayotgandi. Hozir SNILS yana berilmoqda. Bemalol pasportingiz, pasportning notarial tarjimasi bilan SNILS olish uchun o‘zingizga yaqin “Moi dokumenti”ga (МФЦ «Мои документы»)borishingiz mumkin. ✅SNILS bepul beriladi. 🔸SNILS – shaxsning Rossiya...

Putin migrantlarga “munosib mehnat sharoitlari”ni va’da qildi

Vladimir Putin O‘zbekistonga tashrifida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatlarini aytdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaradan so‘ng Putin Moskva muhojirlar uchun munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rayotganini ma’lum qildi.  Rossiya prezidenti lavozimiga kirishganidan beri Putin uni qonuniy davlat rahbari sifatida tan olgan davlatlar bilan...

Oilasini saqlab qolmoqchi bo‘lgan er… xotinini o‘ldirdi

Moskva yaqinidagi kafe yaqinidagi avtoturargohda xotinini bosib ketgan erkak oilasini saqlab qolmoqchi bo‘lganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u xotinini yaxshi ko’rgan, lekin ayol undan ajrashishni istagan. Ularning egizak oʻgʻillari ayni paytda ota-onasi bilan Oʻzbekistonda. Erkak ham qilgan ishidan juda pushaymon ekanini aytgan. Eslatib o‘tamiz, 26 may kuni Minsk shossesidagi...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya