Turkum: Россия хабарлари

Rossiyada xorijlik jinoyatchilar vataniga ekstradisiya qilinadi, biroq…

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Jinoiy prosessual kodeksiga o‘zgartirish kirituvchi Federal qonunni imzoladi. Unga ko‘ra Rossiyada jinoiy javobgarlikka tortilgan xorijlik fuqarolarni vatanlariga ekstradisiya qilishga ruxsat beriladi. Federal qonun 2-may kuni kuchga kiradi. Qonunga ko‘ra xorij fuqarolarini o‘z vatanlariga ekstradisiya qilish uchun asos tariqasida Federal jazoni ijro etish xizmati vakili...

O‘zbekistonlik «Jeyms Bond» Vnukovo aeroportining «yopiq» zonasiga o‘tib ketdi

O‘zbekistonlik migrant Sanjarbek O‘rinov “Vnukovo” aeroportining taqiqlangan yopiq hududiga ruxsatnomasiz va hech qanday rasmiy hujjatlarsiz kira olgani Moskvaning havo darvozasida shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu faqat uchuvchilar va styuardessalar odatda reyslar orasida dam oladigan hudud hisoblanadi. Bu qanday sodir bo‘ldi? Manbalarga ko‘ra, O‘rinov nazorat-o‘tkazish punktida yuzni tanish tizimini osongina aldagan...

Voronejda kaltaklangan millatchi qamoqqa tushishi mumkin

Voronejda yashovchi 19 yoshli fuqaro kun davomida bir necha qoidabuzarliklari bilan mahalliy aholi tinchini buzdi. Avval millatchi yigit avtobusda ketayotib, pivosini to‘kib yuborgan. Undan so‘ng shu avtobusdagi rus bo‘lmagan yigitni millatchilik asosda haqoratlashni boshlagan. So‘ngida pichoq bilan hamla qilgan. Avtobusdan so‘ng xuddi shu millatchi oziq-ovqat do‘konida boshqa odam bilan...

Do‘stmi yo dushman: Sankt-Peterburgda besh o‘zbekistonlik o‘z vatandoshini to‘nab ketdi

“Fontanka” nashrining ma’lum qilishicha, 21-aprel kuni Sankt-Peterburgda 28 yoshli o‘zbekistonlik mehnat muhojirini noma’lum shaxslar ishlab chiqarish hududiga aldab, olib ketgan. U yerda 5 nafar notanish shaxslar muhojirni kaltaklab, 40 ming rubl pulini tortib olishgan va yana 63 ming rubl pulni bank kartasidan o‘tkazishga majburlashgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 5 nafar...

Nijniy Novgorodda o‘zbekistonlik ayol yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini o‘ldirib qo‘ydi

Nijniy Novgorodning Kstov shahrida 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi o‘z chaqalog‘ini bo‘g‘ib, jasadini kir mashinaning orqasiga yashirgan. Ammo uy sharoitida o‘tgan tug‘ruqdan so‘ng qon ketishi boshlangani uchun ayol tez tibbiy yordamga murojaat qiladi. Shifokorlar ko‘rikda nima bo‘lganini tushunib, politsiyaga xabar bergan. Ayol politsiyaga bor haqiqatni aytib, chaqaloq jasadini kir mashina...

Migrantlar uchun rus tili imtihonlari o‘tkaziladigan joylar cheklanadi

1-maydan boshlab migrantlar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslaridan imtihonlar faqat oliygohlarda o‘tkaziladi. Imtihonlar har bir shaharning oliygohlarida o‘tkazilishi belgilandi. Xususiy test markazlari rus tilidan imtihon o‘tkazishlari taqiqlangan. Avval rus tilidan migrantlar uchun imtihonlar oliygohlarda o‘tkazilishidan tashqari ular bilan shartnomasi bor xususiy markazlarda ham bo‘lib o‘tardi. Barcha...

Rossiyaning bir qator shaharlarida 9-may paradi o‘tkazilmaydi

Rossiyaning ayrim hududlari 9-may kuni Gʻalaba paradini o‘tkazishdan bosh tortdi. Ikkinchi Jahon urushi tugaganining 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar aynan qaysi hududlarda bekor qilindi va nima uchun? Saratov viloyati gubernatori Roman Busargin bu yil viloyatda 9-may sharafiga Gʻalaba paradi va mushakbozlik o‘tkazilmasligini aytib, bu fuqarolar xavfsizligini ta’minlaydigan to‘g‘ri qaror ekanini...

«Uvedomleniye» haqida 5 tavsiya

Rossiyada 7-yanvardan buyon patent olib ishlayotgan har bir migrant patent olgan kunidan boshlab 60 kun ichida qayerda ishlayotganini ko‘rsatib, uvedomleniye topshirib qo‘yishi kerak. Uvedomleniye topshirmagan migrantlarning patentlari bekor qilinadi.  Sankt-Peterburg, Moskva va boshqa hududlarda uvedomleniye topshirmagan migrantlarning patenti bekor qilinayotgani haqida Ichki ishlar bo‘limlari xabar berib kelmoqda. Shuning uchun...

Migratsiya mavzusidagi reportaj xalqaro fotosuratlar tanlovida g‘olib bo‘ldi

«World Press Photo» xalqaro reportaj fotosuratlar tanlovining 5 g‘olibi orasida migrantlar haqidagi reportaj ham bor. Xalqaro tanlovning “Uzoq muddatli loyiha” nominatsiyasida Alexandro Segarraning AQSHga yo‘l olgan migrantlar haqidagi reportaji g‘olib bo‘ldi. Alexandro reportajida Meksikadan Amerika chegarasiga poyezdning vagonlari ustida ketayotgan migrantni rasmga olgan. Ta’kidlash joizki, xalqaro migratsiya yaxshi o‘rganilmagan...

Sankt-Peterburgda qirg‘iz qiz do‘pposlandi. O‘qituvchi tomoshabin bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda sinfdosh yigitlar qiz bolani ko‘pchilik bo‘lib kaltaklaganini, voqea qolgan sinfdoshlar tomonidan xursandchilik bilan kuzatilganini va qizni do‘pposlash davomida “Rossiya ruslar uchun”, “Moskva moskvaliklar uchun” degan hayqiriqlar aytilganini eshitish mumkin. Qirg‘izistonlik qizni kaltaklashganidan keyin u belidagi jarohat og‘rig‘idan turolmay qolgani videoda aks etgan. Unga hamroh millatdoshi...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya