Turkum: Россия хабарлари

Rossiyada Markaziy osiyoliklar o‘rnini xitoyliklar egallaydi(mi?)

Xitoy Markaziy Osiyo migrantlarini xitoylik ishchilar bilan almashtirish masalasini muhokama qilishni boshladi. Bu mavzu ikki davlat rahbarlari — Si Szinpin va Vladimir Putin tomonidan ko‘rib chiqildi, deb yozadi “Bloknot” nashri. Hozirda bu taklifning amalda joriy etilishi tegishli vazirliklar tomonidan o‘rganilmoqda. Si Szinpinning ta’kidlashicha, xitoylik migrantlar Markaziy Osiyo respublikalaridan kelgan...

2025-yilda Rossiyada Yangi yil ta’tillari qancha davom etadi?

Yangi yil ta’tillari Rossiyada 11 kun davom etadi. Ular 2024-yilning 29-dekabr, yakshanba kuni boshlanadi va 2025-yilning 8-yanvar, chorshanba kunigacha davom etadi, deb yozadi «РИА Новости». Rossiya qonunchiligiga (ТК РФ 112-modda 2-qismi) ko‘ra, bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, ushbu dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. 2024-yil 4-oktyabrdagi...

Moliyaviy yostiq nima va u migrantlarga nega kerak?

Moliyaviy yostiq — bu kutilmagan xarajatlar va qiyin hayotiy vaziyatlarda yordam beruvchi zaxira mablag‘lardir. Moliyaviy yostiq ishni yo‘qotganda, kasallik yoki boshqa moliyaviy qiyinchiliklar kabi holatlarda asosiy ehtiyojlarni qoplash imkonini beradi. Odatda, bunday yostiqning miqdori 3-6 oylik asosiy xarajatlarni qoplashga yetarli summada bo‘ladi. Migrantlar uchun moliyaviy yostiq juda muhim. Chunki...

Novosibirskdagi tojiklar diasporasi rahbari migrantlarning bolalari rus tilidan imtihon qilinishini izohladi

Novosibirskstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning birinchi yarmida Novosibirsk oblastiga 6 713 nafar migrant kelgan, shulardan 2 570 nafari — tojikistonliklar. Idoraning yozishicha, Novosibirskda 15 ta maktabda migrant bolalar umuman rus tilini bilmasligi aniqlangan. So‘nggi kunlarda muhojirlarning Rossiyadagi farzandlari rus tilidan imtihon qilinib, keyin maktablarga qabul qilinishi bo‘yicha qonun ko‘rib chiqilmoqda....

Moskvada KamAZ boshqarib ketayotgan muhojir tramvayga urilib ketdi

Moskva shahrida «KamAZ» yuk mashinasi va tramvay ishtirokida jiddiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Avariya «Voykovskaya» metro bekati yaqinida, Leningrad shossesida sodir bo‘lgan. Yuk mashinasi boshqaruvida migrant bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi tramvay yo‘liga chiqib ketgan va yo‘lovchilarni tashiyotgan tramvay bilan to‘qnashgan. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi tramvayga yo‘l...

YouTube Rossiyada yana ishlay boshladi, biroq…

YouTube videoxostingi barcha uyali aloqa operatorlarida cheklovsiz ishlashni boshladi. Buni Globalcheck xizmati ma’lumotlari tasdiqlaydi. Platformaning o’lchovlariga ko’ra, YouTube Rossiya uyali aloqa operatorlarining mobil Internetiga ulanishda cheklovlarsiz ishlamoqda. Biroq, ko’plab foydalanuvchilar Wi-Fi tarmog’iga ulanganda videoxostingga kirish hali ham cheklanganligini ma’lum qilishdi. Bir necha soat oldin ‘Mosfilm” bosh direktori Karen Shaxnazarov...

Moskvada iliq Qish kutilmoqda

Markaziy Rossiya mintaqalariga meteorologik qish 23-noyabrdan keyin kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Moskva meteobyurosining bosh mutaxassisi Tatyana Pozdnyakova o‘zining telegram-kanalida ma’lum qildi. Lenta nashrining yozishicha, havo haroratining sutkalik o‘rtacha manfiy qiymatlarga tushishi 23 noyabrdan keyin boshlanishi kutilmoqda. Biroq minimal harorat minus uch daraja atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Moskva meteobyurosining...

Kaliningradda «Vatan uchun» hindlar ishlaydi

Kaliningraddagi “Za Rodinu” baliqni qayta ishlash majmuasida ishchilarning keskin yetishmasligi sababli Hindistondan kelgan muhojirlar ishga olina boshladi. Korxona rahbari Sergey Lyutarevich mahalliy ishchilarni topish qiyinligi, kadrlar tanqisligi kompaniyani chet ellik ishchilarni, jumladan, Hindiston kabi olis davlatlardan ham jalb qilishga undashini aytadi. Viloyatda ishlab chiqarishda ishlaydigan mutaxassislar soni cheklanganligi sababli...

Rossiyada payvandchilar maoshi bir yil ichida 72%ga oshdi

“HeadHunter” saytining ma’lumotlariga ko‘ra, payvandchilar va tokarlar noyabr oyida eng ko‘p maosh oluvchi kasb egalari qatoridan joy oldi. Xabar qilinishicha, payvandchilar uchun o‘rtacha 196,1 ming rubl maosh taklif qilinmoqda. Natijada bu kasb egalarining daromadi bir yil ichida 72%ga oshib, eng talabgor ishchi mutaxassislardan biriga aylangan. Bu haqda hh.ru manbalariga...

Yugra (Rossiya)da eng ko‘p qo‘yilgan ism Muhammad bo‘ldi

Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi (Yugra)da 2024-yili tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ism Muhammad bo‘ldi, deb xabar bermoqda Yugra ZAGS bo‘limining onlayn-reyestri. 2024-yilda bu ism 342 nafar o‘g‘il bolaga berilgan. Muhammad ismi boshqa ismlardan ancha ilgarilab ketgan. Eng ko‘p berilgan ismlar qatorida ikkinchi o‘rinni Mixail ismi egallagan bo‘lib, Yugrada...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya