Sankt-Peterburg xostellarida reydlar o‘tkazilmoqda

Yangi yildan yana noqonuniy migrantlarni qidirishni boshlagan Sankt-Peterburg polisiyasi Moiseyenko ko‘chasidagi bitta xostelda 1742 nafar chet el fuqarosi faqat qog‘ozda ro‘yxatdan o‘tgani, ammo aslida u yerda yashamaganligini aniqladi. Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, bu odamlarni migratsiya maqsadida soxta ro‘yxatdan o‘tkazish usuli bo‘lib, ularga soxta hujjatlar berilgan. Politsiya MDH davlatlaridan...








