Turkum: Ўзбекистон хабарлари

Alisher Qodirov Rossiyaga viza joriy qilish g’oyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosari, “Milliy tiklanish» DP MK raisi Alisher Qodirov Markaziy Osiyo mintaqasini Rossiya bilan viza orqali kirish-chiqish qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini yozdi. Qodirov bu fikrni rus siyosatchilarining tashabbuslariga asoslanib bildirgani anglashiladi. «Yaqin kelajakda kutilayotgan beqarorlik, relokantlarni jiddiy ortishi ehtimollari fonida nafaqat biz, butun Markaziy Osiyo mintaqasini...

Qozog‘istonda buzilib qolgan avtobusdagi 34 o‘zbekistonlik qutqarildi

9-dekabr kuni soat 23:45 da «Almati-Toshkent» avtomobil yo‘lining 592-kilometrida, Jualiy tumanida «Yutong» rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobus texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgan. Bu haqda viloyat FVV xabar berdi. Avtobus Almati shahridan Nukus shahriga (O‘zbekiston Respublikasi) qadar qatnagan. Jambul viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti kuchlari tomonidan 41 nafar yo‘lovchini evakuatsiya qilish ishlari...

Migrantlar uchun tarix va rus tili bo‘yicha imtihonlar narxi birxillashtirildi

Rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon narxi fuqarolik olish maqsadida migrantlar uchun 2950 rubl etib belgilandi. Bu haqda hukumat qarorida keltirilgan bo‘lib, hujjatga Bosh vazir Mixail Mishustin imzo chekdi. Vaqtincha yashash ruxsatnomasi (RVP) yoki doimiy yashash ruxsatnomasi (VNJ) olish uchun imtihon narxi 5900 rubl qilib belgilangan....

Beva ayolning 11 yillik kurashi va iztiroblari

Qahramonimiz 2013 yilda turmush o‘rtog‘idan OIV yuqtirgan va ushbu kasallik bilan 11 yildan beri kurashyapti. U dunyo bo‘ylab 40 milliondan ziyod, O‘zbekistonda esa 47 mingdan ko‘p odamning qatorida OIV bilan yashab kelmoqda. U kunlarni qo‘rqinchli tush kabi eslaydi… “Oyog‘im ostidagi dunyo yo‘qolib qoldi…” “U holatni tasvirlab berish qiyin. Odamning...

Qanday holatlarda mashina boshqarish uchun Rossiyada olingan haydovchilik guvohnomasi talab etiladi?

Rossiyada taksida ishlash uchun muhojirlarning Rossiyada olingan haydovchilik guvohnomalari bo‘lishi kerak. Bu talab Rossiyada “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘risida”gi Federal qonunnning 25-moddasi, 13-bandida ko‘rsatilgan. Ushbu qonun talabiga muvofiq, transport vositalarini boshqarish bilan bog‘liq tadbirkorlik yoki mehnat faoliyati amalga oshirilganida xorijda olingan haydovchilik guhnomalari bilan mashina haydash taqiqlangan. Rossiyada olingan haydovchilik...

Internetdagi qiz Peterburgda ikki o‘zbekistonlik mushtlashuviga sababchi bo‘ldi

Peterburgda politsiya o‘zbekistonlik migrantni qo‘lga oldi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olingan o‘zbekistonlik shaharning Krasnogvardeyskiy tumanidagi qurilish maydonida hamyurtlaridan birini jarohatlagan. Bu haqda 5-dekabr kuni Peterburg shahri IIV boshqarmasu xabar berdi. O‘tgan tunda politsiyaga shifoxonadan 17 yoshli yigitning turli jarohatlar bilan olib kelingani haqida xabar qilingan. Bola Malooxtinskiy prospektidagi 68-uydan shifoxonaga...

Krasnodardagi qurilish maydonida reyd o‘tkazildi

Krasnodardagi «Дзенпарк» turar-joy majmuasi qurilishida noqonuniy migrantlar ishlayotgani aniqlandi, deb xabar bermoqda Mash.ru. Politsiya obyektda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan 85 nafar migrantni aniqlagan. Hujjatlarni tekshirish paytida olti kishi qochishga uringan, o‘n kishining ishlash uchun ruxsatnomasi bo‘lmagan, to‘rt nafar migrant esa mamlakatda umuman noqonuniy ravishda bo‘lgan. Ular deportatsiya qilinadi. Videoda...

“Deport” bo‘lib tirik qolgan yaxshiroq – Rossiyada migrantlar urushga da’vat qilinmoqda

Rossiyada ishlayotgan muhojirlarga Ukrainadagi urushga qatnashish takliflari tobora ko‘payib bormoqda. Kuni kecha telegramm tarmoqlarida qurilish maydonlaridan birida olingan video tarqaldi. Videoni millatchiligi bilan tanilgan Tsargrad telekanali e’lon qilgan. Muhojir ishchilarning rossiyaliklarga qurib berayotgan uylari oldida qator qilib harbiylar tomonidan ularga Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolash yoki vatanga deportatsiya qilinish...

Biometrik ma’lumotlar nima? U qanday tartibda olinadi?

2024-yil 1-dekabrdan Rossiyada migrantlardan biometrik ma’lumotlar yig‘ish boshlandi. Hozircha biometrik ma’lumotlar faqat Moskva aeroportlariga uchib kelayotgan va Orenburg viloyatidagi chegara punkti orqali Rossiyaga kelayotgan muhojirlardan olinmoqda. Quyida ushbu jarayon va uning qanday tashkil qilingani haqida asosiy savollarga javob beramiz. Biometrik ma’lumotlar nima? Bu barmoq izlari va yuzni rasmga olishdir....

Raqamli dalillardan foydalanish bo‘yicha yangi qonun: nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni raqamli dalillar bilan ishlashni tartibga soluvchi qonunni imzoladi. Ushbu qadam huquqiy tizimni raqamlashtirish bilan bog‘liq milliy qonunchilikning muhim yangilanishidan dalolat beradi. Hujjat Lex.uz portalida e’lon qilingan bo‘lib, u bilan Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual kodekslari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur qonun huquqni muhofaza qiluvchi...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya