Turkum: Жаҳон хабарлари

Noqonuniy migrantlar reyestriga tushgan muhojirlar duch keladigan cheklovlar

5-fevraldan Rossiyada noqonuniy bo’lib turgan chet el fuqarolari ro‘yxatidan iborat “nazorat qilinuvchi shaxslar reyestri” (pеестр контролируемых лиц) ishlay boshlaydi. 2024-yil 8-avgustdagi 260-sonli Federal qonunga muvofiq, mamlakatda qonuniy asoslarsiz bo’lgan migrantlarga nisbatan “chiqarib yuborish rejimi” (режим высылки) joriy etiladi. Rossiyada bo‘lishga taqiq va ma’muriy tartibda chiqarib yuborishdan tashqari, bu reyestrga...

Endi har qanday politsiyachi migrantlarni deport qila oladimi?

2025-yil 5-fevraldan Rossiyaning Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksiga kiritilgan navbatdagi o’zgartishlar kuchga kiradi. Ushbu o‘zgarishlarning biriga ko‘ra, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni Rossiyadan chiqarib yuborish huquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxslar ro’yxati kengaytirilgan. Shu munosabat bilan, aynan qaysi mansabdor shaxslar huquqbuzar migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishi mumkinligiga aniqlik kiritib o‘tamiz. 2025-yil...

Ruscha bilmagan bolasi uchun migrantlar javobgarlikka tortilishi mumkin

Rossiyada farzandlari maktabga kirishda imtihondan o‘ta olmaganidan keyin qo‘shimcha rus tilini o‘qitishni boshlamasa, ularning ota-onalarini ma’muriy javobgarlikka tortish rejalashtirilmoqda. Ta’lim vazirligi loyihasiga ko‘ra, imtihondan o‘ta olmagan bolalar ota-onalari hisobidan uch oylik til o‘rganish kursidan o‘tishlari kerak, shundan so‘ng ularga boshqa tashkilotda test sinovlarini qayta topshirish imkoniyati beriladi. Qo‘shimcha ta’lim...

Moskva uy egalarining mulkini tashlab yuborgan muhojirlar qidirilmoqda

Moskvadagi kvartiralardan birida ta’mirlash ishlari vaqtida iroqlik shifokor Gafuri Xolid Saidning byusti yo’qolgan. Katta ehtimol bilan byustni quruvchilar remont ishlaridan keyin tashlab yuborgan bo‘lishi mumkin. Endi ta’mirlash bilan shug‘ullangan arman quruvchilarni politsiya qidirmoqda. Mazkur voqea migrant-quruvchilarga buyurtmachining mulkiga tegmaslik qanchalik muhimligini yana bir bor eslatadi. Ko’y-Sanjak shahridagi kasalxonaga nomi...

Parvoz muvaffaqiyatsiz tugadi: migrant 1,18 million rubl bilan qo‘lga tushdi

Peshona teri bilan ishlab topilgan naqd pullaringiz 10 ming AQSh dollaridan ko’p bo’lsa,ularni Rossiyadan olib chiqib ketib bo’lmasligini eslatuvchi voqea Chelyabinskda sodir bo’ldi. Chelyabinsk aeroportida bojxona xodimlari Dushanbega uchmoqchi bo’lgan yo’lovchini to’xtatishgan. Sabab pul bilan bog’liq edi. 35 yoshli erkakning sumkasidan 1,18 million rubl naqd pul topilgan. Chelyabinsk bojxonasi...

Rossiyada migrantlarga harbiy xizmatdan bo‘yin tovlashga yordam bergan rahbarlar ushlanmoqda

Chelyabinsk viloyatidagi migratsiya bo’limlarida tozalash ishlari boshlandi: Kopeyskdagi migratsiya bo’limi boshlig’i Anastasiya Litvinova ushlangandan so’ng, “ФСБ” xodimlari mintaqaviy IIV Xavfsizlik xizmati «Traktorozavodskiy» migratsiya bo’limi boshlig’i Igor Shatoxinni qo’lga olishdi. «URA.RU» nashrining xabar berishicha, mintaqaviy Tergov qo’mitasi matbuot xizmati Igor Shatoxin korrupsiya va vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumon qilinayotganini yozgan. «Chelyabinsk...

Muxlislik, insoniylik va professionalizm

Yanvar oyida O‘zbekistonda futbol asosiy mavzulardan biriga aylandi. Bu Abduqodir Husanov atrofidagi voqealar sabab. Aslida bu biz uchun hayot-mamot masalasi emas. Biroq millat sha’ni va sharafiga daxldor bo‘lgani uchun ham trendga aylandi. Balki undan kattaroq voqeilikdir. Chunki bu transfer haqida nafaqat mahalliy, balki qozoq, tojik, qirg‘iz matbuotidan tortib, jahon...

Tramp migrantlar uchun konslager qurishni rejalashtirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp mudofaa va ichki xavfsizlik vazirlariga Guantanamodagi Amerika harbiy-dengiz bazasida migrantlar bilan ishlash markazini «to‘lguncha» kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘rishni topshirdi. Bu buyruq Oq uyning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan. Qaror AQSHda noqonuniy bo‘lib turgan va jinoyatchilikda ayblangan xorijliklarni qamoqqa olish uchun qo‘shimcha shartlar yaratish hamda qochqinlar bilan...

Boltiqbo‘yi davlatlari ruslarni chiqarib, o‘rnini minglab o‘zbeklar bilan to‘ldirmoqda

«Репортёр» nashrining yozishicha, Latviyada Rossiya fuqarolari soni kamaymoqda. Agar 2021-yilda bu mamlakatda 51 ming rossiyalik yashagan bo‘lsa, hozir ularning soni o‘n mingga kamaygan. Bu haqda siyosatshunos Konstantin Dvinskiy e’tibor qaratdi. Uning fikricha, bunday kichik davlat uchun bu katta raqam. Shu bilan birga, faqat 2024-yilning o‘zida Latviyaga 30 ming o‘zbek...

AQSHdan migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish deyarli 1 trillion dollarga tushishi mumkin – FT

Prezident Donald Tramp taklif qilgan noqonuniy muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilish deyarli 1 trillion dollarga tushishi va o‘n yildan ko‘proq vaqtni olishi mumkin, deb yozadi Financial Times Amerika Immigratsiya kengashi ma’lumotlariga tayanib. Nashr ta’kidlashicha, hozirda Qo‘shma Shtatlarda doimiy yuridik maqomga ega bo‘lmagan 11 millionga yaqin odam istiqomat qiladi, bu esa...
Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya