Turkum: Жаҳон хабарлари

“Izvestiya”: haydovchilarning 70 foizdan ortig‘i taksi haqidagi qonun talablarini bajara olmaydi

“Izvestiya” gazetasi “Цифровой мир” platformasi foydalanuvchilari uyushmasiga tayanib, haydovchilarning 70 foizdan ortig‘i yangi taksi qonuni talablarini bajara olmasligini, bu esa o‘z avtomobillarida ishlaydigan millionga yaqin yakka tartibdagi haydovchilarning agregatorlarni tark etishiga olib kelishini xabar bermoqda. Ko‘p muammolar mashinalar va egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni birlashtiradigan reyestrga avtomobilni kiritish bilan bog‘liq bo‘lmoqda....

Krasnoyarskda reyd. 12 kishi Rossiyadan «quviladi»

Krasnoyarskda huquqni muhofaza qiluvchi organlar – Rosgvardiya, OMON, FSB va boshqalar – Yemelyanov tumanidagi yirik korxonalarda noqonuniy muhojirlarga qarshi yana bir keng qamrovli reyd o‘tkazdi. Bu haqda “7 kanal Krasnoyarsk” telekanali xabar berdi. «Har bir chet ellik – ularning soni ikki yuzdan oshiq – turli ma’lumot bazalari orqali tekshirildi...

G‘arb nima uchun Markaziy Osiyoga qiziqmoqda?

Rossiya-Ukraina urushining ikki yarim yili davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorlar bilan muloqot qilishning samarali strategiyasini ishlab chiqdi: G‘arbda bir narsani, Rossiyada boshqa narsani gapiradi. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo G‘arbning eng yirik davlatlari va eng yuqori darajadagi e’tiboridan bahramand bo‘lib kelmoqda. Masalan, Germaniya kansleri Olaf Shols mintaqa mamlakatlari bilan munosabatlarni...

Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzitda harakatlanayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

So‘nggi kunlarda Qozog‘istonda ob-havoning keskin sovishi natijasida yo‘llarda qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Migratsiya agentligi Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan yoki tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqarolarga murojaatini e’lon qildi. Agentlik yaqin haftalarda kuchli yomg‘ir, tuman va yo‘llarda muzlash holatlari kuzatilishi mumkinligi, bu esa avtoyo‘llarda harakatlanishni qiyinlashtirishi ehtimoli borligini...

Patentni Rossiyadan chiqmay ikkinchi yilga uzaytirish uchun qanday hujjatlar kerak?

Moskva shahridagi Migratsiya markazi Rossiya hududidan chiqmay patentni qanday qayta rasmiylashtirish mumkin ekani haqida xabar berib, kerakli hujjatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Rossiyadan chiqmay, ikkinchi (uchinchi, to‘rtinchi va h.k.) yilga patent uzaytirish uchun muhojirlar Saxarovodagi «Migratsiya markazi»ga murojaat qilish lozim. Murojaat uchun muhojirlar o‘zlari bilan birga quyidagi hujjatlarni olib borishi...

Lipetsk koloniyasidan qochgan oltinchi mahkum haliyam ozodlikda

Huquq-tartibot idoralari Lipetsk koloniyasidan qochib ketgan beshinchi mahkumni ham qo‘lga olgani xabar berilmoqda. U Petrovskoye qishlog‘ida yashirinib yurgan ekan. Qo‘lga olingan shaxs hududiy politsiya bo‘limiga olib borilgan. Oltinchi qochib ketgan shaxsni qidirish davom etmoqda, deb xabar bermoqda Rossiya IIV vakili Irina Volk. “РБК” nashrining xabar berishicha, beshinchi mahkum Tambov...

Migrantlar pulini nimalarga sarflaydi?

«Migrant Servis» platformasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlari olgan pullarini asosan patent to‘loviga, vataniga pul jo‘natish, ijara va oziq-ovqatga sarflaydi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Rossiya Federatsiyasiga kelgan muhojir, tahlilchilarga ko‘ra, uy-joy va transport uchun kam mablag‘ sarflaydi va daromadining katta qismini vataniga yuboradi. Migrantlar, odatda, tibbiy...

«Shoushenkdan qochish-2»: Lipetskda qamoqdan olti nafar mahkum-muhojir qochgan. Orasida o’zbeklar bor

Lipetsk viloyatida olti mahkum koloniyadan qochib ketdi, deb xabar bermoqda viloyat gubernatori Igor Artamonov o‘zining telegram kanalida. «Olti mahkum 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasidan qochgan. Hozirda barcha operativ xizmatlar ularni qidirishga yo‘naltirilgan, idoralararo guruh ishlamoqda. Lipetsk viloyati “ФСИН” boshqarmasi, Rossiya IIV viloyat boshqarmasi, Rosgvardiya va Xavfsizlik xizmati hamkorlikda jinoyatchilarni...

«Ashan» Rossiyadan ketadimi?

Fransiyaning «La Lettre» gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, «Auchan» tarmog‘i Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatishni rejalashtirmoqda va o‘zining Rossiyadagi korxonasi — «Ashan» MCHJni sotish bo‘yicha kelishuvlarni yakunlash arafasida. Fransuz nashri o‘z manbalariga tayanib, savdo guruhi «mahalliy xaridor» topganini yozgan. «Auchan»ning Rossiyadagi aktivlarini sotib olishi mumkin bo‘lgan kompaniyaning nomi oshkor qilinmagan. Fransuz kompaniyasi «Auchan»ning...

Onlayn tanishuv tuzoqqa aylanganda: Migrantlar uchun maslahatlar

Migrant.uz tahririyatiga va mutaxassislariga «muhabbatdan kuygan» muhojirlar tez-tez murojaat qilib turadi. Deyarli barcha jabrlanuvchilarni bir narsa birlashtiradi — ularning bari o‘z “muhabbat”larini internetda topgan. Ammo bunday «qidiruvlar» ko‘pincha firibgarlarga aldanish, bosim va po‘pisa qurboniga aylanish yoki kaltaklanish bilan yakunlanadi. Masalan, Kalugadagi voqeada bir qiz muhojirlar bilan internet orqali bilan...
Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya