Turkum: Жаҳон хабарлари

Qish yaqinlashmoqda: isitgichlardan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!

Rossiyada havo sovib bormoqda. Shu sababli pechkalar va elektroisitgichlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga e’tibor qaratish vaqti keldi. Bu juda muhim. Chunki qish kelishi bilan ommaviy axborot vositalarida migrantlar xavfli isitish uskunalaridan foydalanishi natijasida yong‘inlar ro‘y bergani va musofirlar halok bo‘lgani haqida dahshatli xabarlar paydo bo‘ladi. Bu fojialar asosan xostellarda, qurilish...

O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli jinoyatchilarning millatiga urg‘u bermaslikka chaqirdi

O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli Yusuf Qobuljonov Primorye OAVlarida jinoyatchilarning millatiga urg‘u berilishidan norozilik bildirdi. U jurnalistlarni qonunbuzarlarning millatini emas, balki fuqaroligini ko‘rsatishga chaqirdi, deb yozadi «Mk.ru Vladivostok» nashri. Internetda namoyish qilingan videoda Yusuf Qobuljonov Rossiyada o‘zbeklar tomonidan sodir etilgan ko‘plab jinoyatlar aslida boshqa davlatlar fuqarolari tomonidan sodir etilishini, biroq...

Moskvadagi ayrim ko‘chalar 12 va 13-oktyabr kunlari yopiladi

12- va 13-oktyabr kunlari «Moskva marafoni» bo‘lib o‘tishi munosabati bilan Lujnetskaya naberejnaya, Frunzenskaya naberejnaya, Kotelnicheskaya naberejnaya, Chistoprudniy bulvar, Tverskaya va Moxovaya ko‘chalari yopilishi e’lon qilindi. Aniq tasavvur va tushunchani rasmdagi marafon xaritasidan olish mumkin. 12- va 13-oktyabr kunlari imkon qadar sanab o‘tilgan ko‘chalarga mashinada va umuman, shahar markaziga bormay...

Volodin: “Duma migratsiyani taqiqlamoqchi emas…”

Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputatlari migratsiyani taqiqlash emas, tartibga solish niyatida ekanini Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin ma’lum qilgan. “Biz maqsadimiz migratsiyani taqiqlash emas, uning qonun doirasida bo‘lishini ta’minlash uchun hamma narsani qilish”, deydi Volodin “Rossiyskaya gazeta”ga bergan intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, ish beruvchilar ularga ishlash uchun kelgan migrantlar...

Namangandan Yekaterinburgga haftasiga ikkita reys qo‘yildi

Endi “Uzbekistan Airways” bilan Rossiyaning Yekaterinburg shahriga sayohat qilishingiz mumkin. Chipta narxi bir tomonga ؘ– 1 559 000 so‘m, Namangan – Yekaterinburg – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha esa 3 659 000 so‘mdan boshlanadi. HY9829/9830 reysi dushanba kuni Namangandan soat 07:05 da uchib Yekaterinburgga 10:30 da qo‘nadi. Yekaterinburgdan esa 12:00 da...

Ramzan Qodirov dog‘istonlik oligarx va ikki deputatga qonli intiqom e’lon qildi

10-oktabr kuni Checheniston Respublikasining kuch ishlatar tuzilmalari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Ramzan Qodirov ilk bor Moskva markazidagi «Wildberries» kompaniyasi ofisidagi otishma haqida izoh berdi. Qodirovning aytishicha, otishmada vafot etgan ingush yigitlar qo‘riqchibo‘lmagan, Ramzanning o‘ziga nisbatan esa dog‘istonlik milliarder Suleymon Kerimov, “Госдума”deputatlari Bekxan Baraxoyev va Rizvon Kurbanov tomonidan suiqasd rejalashtirilgan....

«Hamma narsani ham taqiqlayvermaslik kerak»: ekspertlar mehnat muhojirlarini qo’rqitmaslikka chaqirmoqda

So‘nggi yillarda migrant mehnatidan faol foydalanayotgan Rossiya kompaniyalari ishchi kuchi topish va yollashda tobora ko‘proq qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bunday ishchilarga talab o’sishda davom etib, taklif kamaymoqda. Chet ellik ishchilarni alkogol savdosi, ko‘cha ovqatlari va jamoat transporti kabi sohalarda patent bo‘yicha ishga olishni taqiqlovchi migratsiya qonunlarini kuchaytirish bo‘yicha qat’iy choralar...

Migrantlar huquqini himoya qilgan o‘zbek blogeri Rossiyadan deportatsiya qilindi

Suyanch.uz blogining asoschisi Jo‘rabek Amonov bir necha yillardan buyon Rossiyada mehnat patenti asosida ishlab kelayotgan muhojirlardan edi. Jurabek o‘z hujjatlariga e’tiborli bo‘lib, mehnat patenti uchun avans to‘lovlarini oldindan to‘lab borgan. Blogida u ko‘pincha politsiyachilarning o’z vakolatini suiste’mol qilishi, migrantlarga uy ijaraga olish, hujjatlarni vositachilarsiz rasmiylashtirishni o‘rgatib kelgan. Jurabekning YouTube...

“ОСАГО”siz harakatlanayotgan haydovchilarni yo‘l kameralari orqali aniqlash boshlanadi

2025-yil 1-martidan boshlab Rossiyada yo‘l harakati kameralari orqali haydovchilarning “ОСАГО” polisi bor-yo‘qligi tekshiriladi, deb yozadi «Izvestiya» nashri. Bu tajribani bir yil davomida o‘tkazishga qaror qilingan. “ОСАГО” polisisiz harakatlangan haydovchilarga «Госуслуги» orqali ogohlantirish yuboriladi. Tajriba davomida ogohlantirish jarimasiz yuboriladi. Keyinroq, tajriba o’zini oqlasa jarimalar ham yuborilishi nazarda tutilmoqda. Bu choraning...

Primoreda migrantlarga avtobus haydash va kuryerlik qilish taqiqlanadi

Primore mintaqasi hokimiyati 2025-yilda patent bilan ishlayotgan mehnat muhojirlarining faoliyatini cheklash niyatida. Bunday cheklovlar, dengiz yuklari va suv yo‘li orqali yo‘lovchi tashish sohasidagi ishlarga, shuningdek, ta’lim yo‘nalishidagi faoliyatga ham taalluqli. To‘liq ro‘yxatda 41 ta faoliyat turi ko‘rsatilgan.
Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya