Turkum: Жаҳон хабарлари

Sheremetyevo aeroportida parkovka shartlari o‘zgardi

Sheremetyevoning E va F terminallarida parkovkaning yangi tarifi joriy etildi, deb xabar bermoqda aeroportning matbuot xizmati. «2024-yil 1-oktyabrdan boshlab Sheremetyevo aeroportining rasmiy avtoturargohlari uchun tariflar yangilandi. E va F terminallaridagi yopiq parkovkaning yangi tarifi – sutkasiga 500 rublni tashkil qiladi. Soatbay tariflar endi yo‘q», – deyiladi xabarda. Qayd etilishicha,...

Ramzan Qodirov Rossiyaning migratsiya siyosatini tanqid qildi

Checheniston rahbari Rossiyada migrantlarga qarshi ko’rilayotgan choralar uni «hafsalasini pir qilayotganini» bayon qildi. «Kimdir Rossiyani qo’shni do’stona davlatlar bilan ataylab to’qnashtirayotgandek», deydi Ramzan Qodirov. Migratsiya siyosatini o’zgartirish kerak bo’lsa, buni qo’lga tushgan barcha rus bo’lmaganlarga shafqatsizlarcha hujum qilishdan iborat jirkanch usulda qilish kerak emas. Hech narsaga qaramay ushlashmoqda, oxirgi...

Migrantlar ish joyi manzili bo‘yicha migratsiya qaydiga turishi mumkinmi?

Rossiya Ichki ishlar vazirligi migratsiya qaydidan o’tish tartibiga ko’ra, muhojirlar qonuniy ravishda ish joyi manzili bo‘yicha migratsiya qaydini rasmiylashtirishlari mumkinligini eslatadi. Ish joyi bo’yicha registratsiya qilishga ruxsat mavjudligi haqida «Парламентская газета» axborot bergan. Ma’lum qilinishicha, ish joyida migratsiya qaydidan o’tish uchun ish beruvchi migrant bilan mehnat yoki xizmat shartnomasini...

Podolskdagi omborda muhojirlarga qarshi reyd o’tkazildi

Grivno qishlog‘idagi katta omborxonada xavfsizlik kuchlari chet ellik ishchilarni tekshirgan. 250 nafar chet el fuqarosi tekshirilgan. Unga ko’ra, Rossiya hududida noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirgan 161 nafar shaxsga nisbatan bayonnomalar tuzilgan. «Har bir huquqbuzarga 5 ming rubl miqdorida jarima solingan va keyinchalik Rossiya Federatsiyasidan deportatsiya qilingan», – deb xabar...

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik fuqaroning jasadi topildi

Sankt-Peterburgning Nevskiy tumanida 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 5-oktabr kuni tushdan keyin Oktyabr qirg‘oq bo‘yidagi 26-uy yonidagi axlat konteyneri orqasida qonga belangan jasad topilgan. Aniqlanishicha, marhum yaqinda Rossiyaga kelgan va Murino shahrida yashagan. Jasad ekspertiza va o‘limning aniq sababini aniqlash uchun o‘likxonaga yuborilgan. Voqea yuzasidan...

Ukraina bilan urushda 3000 ga yaqin etnik qozoq halok bo‘ldi

Volontyorlar Ukrainada Rossiya tomonida jang qilib halok bo‘lgan etnik qozoqlar haqida ma’lumot yig‘ishda davom etmoqda. Sentyabr oyida Gʻarbiy Qozog‘iston viloyatining ikki fuqarosining o‘limi haqidagi xabar paydo bo‘ldi. Ulardan biri Oybek Ramazonov, ikkinchisining ismi oshkor qilinmagan. Ularning ikkalasi ham halok bo‘lganida allaqachon Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan. Volontyorlarning aytishicha, halok bo‘lganlar...

Soxta “migrantlar to‘dasi” o‘smirlar janjaliga aybdor deb topildi

Sankt-Peterburgda maktab o‘quvchilarining o‘zaro janjali tufayli soxta xabarlar paydo bo‘lib, Rossiya hukumati muhojirlarni jinoiy guruhlar yaratishda ayblashga shoshildi. Politsiya tarqalgan videoda qayd etilgan voqea shunchaki o‘smirlar o‘rtasidagi uch oy ilgari bo‘lgan janjal ekanligini aniqladi. RIA Novosti xabariga ko‘ra, videoga tushib qolgan mushtlashuvga bir qiz sabab bo‘lgan va uning ham...

Rossiya hukumati 2025-yilda bayram va dam olish kunlarini tasdiqladi

2025-yilda rossiyaliklarda 11 kunlik Yangi yil bayrami va yana bir nechta uzoq dam olish kunlari bo’ladi, bu haqda bosh vazir Mixail Mishustin tegishli farmonni imzoladi. Hujjatga ko’ra, fuqarolar quyidagu kunlarda dam olishadi: • 2024-yil 29-dekabrdan 2025-yil 8-yanvargacha; • 22-fevraldan 23-fevralgacha; • 8-martdan 9-martgacha; • 1-maydan 4-maygacha; • 8-maydan 11-maygacha;...

Irkutskda o‘zbek milliy markazi rahbari va Tojikiston diasporasi rahbarining o‘rinbosari hibsga olindi

Irkutskda noqonuniy migratsiyani tashkil etish jinoyatida gumonlanuvchi sifatida «Наше Отечество» o‘zbek milliy markazi rahbari Yusup Qulmatov va ismi keltirilmagan Tojikiston diasporasi rahbarining o‘rinbosari hibsga olingan. Bu haqda «ИрСити» nashri Rossiya Federatsiyasi Irkutsk bo‘yicha Tergov qo‘mitasiga tayanib xabar berdi. Har ikki shaxs 2024-yil may oyida yopilgan migrantlar maktabi ishi bo‘yicha...

O’zbekistonlik futbolchi Yevropada haftaning eng yaxshi o‘yinchilari qatorida

O‘zbekiston terma jamoasining 20 yoshli himoyachisi Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida ajoyib natijalarni ko‘rsatishda davom etmoqda. «Lans» klubida to’p surayotgan Husanov, SofaScore platformasi bo’yicha haftaning Liga-1 jamoasiga kiritildi. Ramziy jamoa tarkibiga 11 nafar iqtidorli futbolchi kirgan bo‘lib, ular orasida Xavi Simons («RB Leypsig»), Lamin Yamal («Barselona») va Jud Bellingham («Real»)...
Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya