Turkum: Хабарлар

Bugun Moskvada parkovkalar bepul bo‘ladi

Bugun, 12-iyun kuni Rossiya Federatsiyasida «Rossiya kuni» bayrami o‘tkaziladi. Har yil 12-iyun davlat bayrami munosabati bilan dam olish kuni sanaladi. Moskva shahrida bayram munosabati bilan shahar parkovkalari bepul bo‘ladi. Shlagbaumli, yopiq parkovkalar bundan mustasno. Moskva shahrida parkovkalardan 13-iyunning 00:01ga qadar bepul foydalanish mumkin.

Tojikistonlik muhojir pasporti muqovasidagi yozuv uchun hibsga olindi

6-iyun kuni metropoliten xodimlari Kiyev vokzalida hujjatlarni tekshirayotganda tojikistonlik fuqaro 34 yoshli Idris V.ning pasportini odatdagidek sinchiklab tekshira boshlagan. Ularning e’tiborini muhojirning pasporti muqovasi tortdi. “Sinchkov” politsiyachilar musulmonlarning shahodat kalimasini Rossiyada taqiqlangan “Al-Qoida” tashkilotining logotipi deb tushunishgan. Idris ekstremistik belgilarni omma oldida namoyish qilganlikda ayblangan, chunki u pasportini ko‘rsatayotganda OMON...

«Buzoqning yugurgani somonxonagacha» – Hamkasbini pichoqlagan muhojir aeroportda qo‘lga tushdi

Moskvada ommaviy mushtlashuv  vaqtida quruvchi qornining past qismiga pichoq bilan zarba berilgan. Pichoqlagan muhojir Rossiyadan qochishga urindi. “Shot” telegram kanalining xabar berishicha, Moskvaning ” Царицыно-2″ turar joy kompleksida quruvchilar buyurtmani bo‘lisha olmay qolgan. Natijada janjal va mushtlashuv ro‘y bergan. Shu vaqt 32 yoshli quruvchi hamkasbining qorniga pichoq uradi va...

Voronejda pora bermoqchi bo‘lgan muhojir ikki yilga qamaldi

Turkmaniston fuqarosi 15 ming rubl evaziga «выдворение»dan qutilmoqchi bo‘lib, “ФСБ” hodimiga pora taklif qilgan. Natijada pora taklif qilgani uchun erkak ikki yilga qamaldi. Bu haqida hududiy Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Mart boshida erkakni boshqa migratsiya qonunchiligini buzgan muhojirlar bilan birga politsiya bo‘limiga yetkazishgan. Erkak uni Rossiyadan chiqarib...

AQSh chegarachilariga noqonuniy o‘tgan o‘zbekistonliklarni deportatsiya qilishga buyruq berildi

Kaliforniyadagi chegara xodimlariga Rossiya, Gruziya, Moldova, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistondan noqonuniy muhojirlarni zudlik bilan deportatsiya qilish buyurildi. Bu haqda The New York Post (NYP) xabar bermoqda. Chegara xizmatiga yuqorida qayd etilgan davlatlardan faqat voyaga yetgan, hujjatsiz muhojirlarni zudlik bilan deportatsiya qilish haqida ko‘rsatma berilgan. Boshqa muhojirlar sudga kelish majburiyati...

Qozog‘istonda hibsga olingan o‘zbekistonliklar o‘z ish joylariga qaytdi

O‘zbekiston Bosh konsulligi ma’lumotlariga ko‘ra, 6-iyun kuni Olmaota shahrida 27 nafar o‘zbekistonlik fuqaro Qozog‘iston hududida noqonuniy mehnat va mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzganlikda gumonlanib, qo‘lga olingan. Bu Qozog‘iston vakolatli organlari tomonidan o‘tkazilgan “Nelegal” respublika profilaktika tadbiri chog‘ida sodir bo‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Bosh konsulligi tomonidan zarur choralar ko‘rildi, jumladan,...

Piterda o‘smirlarga tanbeh bergan farrosh pichoqlandi

9-iyun kuni kechasi Piterning Buxarest ko‘chasidagi uyning 12-qavatdan pastga axlat tashlayotgan o‘smirlarga farrosh tanbeh bergan. Tanbehni ko‘tarolmagan o‘smirlar farroshni pichoqlab qo‘ygan. O‘smirlar yo‘lda yana bir kishiga ham tashlanishdi, biroq jiddiy jarohat yetkazisha olmadi. Pichoqlangan farrosh – 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi, og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ayni vaqtda u reanimatsiyada...

Migrantlar haqida nima deyishmoqda?

O‘tgan hafta rossiyalik siyosiy va boshqa shaxslarning migratsiya mavzusidagi fikrlariga boy bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi kengashi raisi Valentina Matviyenko jurnalistlarning savoliga javob berayotib, Rossiya hech qachon muhojirlar uchun yopiq davlat bo‘lmasligini ta’kidladi. “Rossiya hech qachon xorijdan kelgan ishchi kuchiga yopiq davlat bo‘lmaydi, biz bu yo‘ldan bormaymiz. Bu boshi berk yo‘l....

Qozon aeroporti xavfsizlik nuqtai nazaridan yopildi

Rosaviatsia xabariga ko’ra, soat 08:02 dan Qozon aeroporti vaqtincha reyslarni qabul qilmayapti yoki jo’natmayapti. Oxirgi haftalarda dron hujumlari xavfi tufayli aeroport muntazam ravishda yopilmoqda. Odatda cheklovlar bir necha soatdan keyin olib tashlanadi. “Havo kemalari ekipajlari, havo harakatini dispetcherlari va aeroport xizmatlari parvozlar xavfsizligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrmoqda...

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklarning avtomobili yonib ketdi

Kecha Qozog‘iston Respublikasida ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil yonib ketgani O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi telegramm kanalida xabar qilindi. “Qozog‘iston Respublikasi vakolatli idoralarining ma’lumotlariga ko‘ra, 8-iyun kuni soat 11:45 da Atirau viloyati, Makat tumani hududidan o‘tuvchi “Atirau-Aktobe” respublika ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lining 31-kilometrida Rossiya-O‘zbekiston yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan O‘zbekiston davlat raqamiga ega bo‘lgan...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya