Turkum: Хабарлар

Patent topshirishga borganda pasportning orqasiga “О.П.” belgisi qo‘yilmoqda. U nima degani?

Migratsiya markazining barmoq izlari oladigan xodimlari ayrim muhojirning pasporti orqasiga qo‘lda (“О.П.”) harflarini yozib qo‘ymoqda. “О.П.” harflari nimani anglatishi bo‘yicha hech kim muhojirlarga rasman tushuntirish bergani yo‘q. Migrantlar orasida “О.П.” harflari nimani anglatishi bo‘yicha turli farazlar bor. Kimdir bu yozuvlar “Отпечатки пальцев” (barmoq izlari)ni anglatishini, kimdir “определенная проверка” (ma’lum...

O‘zbekistonliklar Slovakiyadagi avtozavodga ishga taklif qilinmoqda

Slovakiyadagi avtomobil zavodiga 1200 nafar o‘zbekistonliklar ishga taklif qilinmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xabar berishicha, ishchilar haftada besh kun ishlab, 900 yevro maosh oladi. Qolaversa tibbiy sugʻurta bilan ta’minlanib, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi. Nomzodlarga talablar – 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lish va rus tilini yaxshi bilish....

Rossiyaliklarning 56 foizi Markaziy osiyoliklarning kelishiga qarshi – “Levada Sentr”

«Levada Sentr» tomonidan Rossiyadagi ksenofobiya va etnik keskinlik bo‘yicha yangi ma’lumotlar taqdim taqdim etildi. 2024-yil aprel oyida «Levada Sentr» tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovga ko‘ra, Rossiyada ksenofobiya unchalik keng tarqalmagan. Biroq, respondentlarning 16 foizi vaqti-vaqti bilan o‘z hayotlarida ksenofobiyaga duch kelishlarini va 19 foizi o‘z mintaqalarida millatlararo ziddiyat mavjudligini qayd...

⚠️ Ichki ishlar vazirligi muhojirlarga nisbatan asossiz repressiyalardan ogohlantirdi

Migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar Rossiyada sodir etilgan huquqbuzarliklar umumiy sonining 4 foizini tashkil qiladi. Bu haqda Federatsiya kengashida ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Kolokolsev ma’lum qilgan. “Jinoyatga kelsak, bu ko‘rsatkich unchalik yuqori emas. Chet elliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar jami 4 foizni tashkil etadi”, — degan Kolokolsev....

📢 Moskva viloyatida noqonuniy migratsiyani tashkil qilgan xorijliklar va sobiq polisiyachi qo‘lga olindi

Tergovchilar aniqlashicha, jinoyat tashkilotchilari muhojirlarga soxta Ukraina fuqaroligi va Xerson viloyatida ro‘yxatdan o‘tganligini ko‘rsatuvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan. Shundan so‘ng xorijliklar soddalashtirilgan sxema bo‘yicha Rossiya pasportlarini olgan. Fuqarolik olish uchun migrantlar 400 mingdan 700 ming rublgacha pul to‘lagan. Ish bo‘yicha jami 15 kishi qo‘lga olingan. Ular orasida Ichki ishlar vazirligining Domodedovo...

✈️ Nukus va Istanbulni yangi aviayo‘nalish bog‘laydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-apreldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Orolbo‘yiga sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish, ularga qulay sharoitlar yaratish maqsadida 2024-yil aprel oyidan boshlab Nukus – Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha biletlar sotilishi boshlanadi va aviaqatnovlar 3-iyundan...

❔ Moskvada nega patent berilmayapti?

13-maydan buyon tayyor patentni olishga borgan muhojirlar noma’lum sabablarga ko‘ra patentlarini ololmayapti. Ko‘ptarmoqli migratsiya markazi (ММЦ Сахарово) xodimlari patent olishga kelgan migrantlarni “baza ishlamayapti” deb qaytarib yubormoqda. Ikki kundirki qator davlat idoralarining tizimlari ishlagani yo‘q. Ular orasida IIV (МВД) ning migratsiya bo‘limi, rus tili imtihonlari natijasi kiritiladigan tizim va...

⚠️ Migrantlar, politsiyaga pora berishga urinmang!

Chelyabinsk aeroportida politsiya xodimlari pora taklif qilishga uringan xorij fuqarosini qo‘lga oldi. Rossiya Ichki ishlar vazirligining Ural federal okrugi bo‘yicha matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs migratsiya qonunchiligini buzganlikda gumon qilingan. Biroq hibsga olingandan keyin u politsiyachiga besh ming rubl pora taklif qilgan. Videokamera qaydida xorijlikning kelishish...

ROSSIYADA MIGRANTLAR QAYSI SABABLAR TUFAYLI FARZANDLARINI OLDIRIB QO‘YADI?

Afsuski, Rossiyada migrantlarning farzandlarini olib qo‘yish holatlari biz xohlaganimizdan ancha ko‘p uchrab turadi. Buning bir qator sabablari bor. Maqolada Rossiyada farzand katta qilishda kerakli bo‘ladigan muhim qonuniy aspektlarni muhokama qilamiz. Rossiyada ota-onalarning bir qator majburiyatlari bor, ular Rossiya Konstitutsiyasidan kelib chiqqan holda Oila kodeksida (12-bo‘lim) ko‘rsatilgan. Ota-onalarning majburiyatlari: bola...

“Ayollarni, ayniqsa, qizlarni pul topish uchun chetga yubormang…” – Qozog‘istonda jinsiy qullikka tushgan o‘zbek ayoli hikoyasi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bugun yarim million o‘zbekistonlik xotin-qizlar xorijda mehnat muhojirligida. Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Korea va Turkiya o‘zbek ayollarining ishlash uchun eng ko‘p ketayotgan davlatlari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda, ular asosan, xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlashmoqda. Ana shu jarayonda migrant ayollarning eng ko‘p duch kelayotgan muammolaridan biri jinsiy tajovuzga uchrashlaridir. Navbatdagi...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya