Turkum: Хабарлар

«Hamma narsani ham taqiqlayvermaslik kerak»: ekspertlar mehnat muhojirlarini qo’rqitmaslikka chaqirmoqda

So‘nggi yillarda migrant mehnatidan faol foydalanayotgan Rossiya kompaniyalari ishchi kuchi topish va yollashda tobora ko‘proq qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bunday ishchilarga talab o’sishda davom etib, taklif kamaymoqda. Chet ellik ishchilarni alkogol savdosi, ko‘cha ovqatlari va jamoat transporti kabi sohalarda patent bo‘yicha ishga olishni taqiqlovchi migratsiya qonunlarini kuchaytirish bo‘yicha qat’iy choralar...

Migrantlar huquqini himoya qilgan o‘zbek blogeri Rossiyadan deportatsiya qilindi

Suyanch.uz blogining asoschisi Jo‘rabek Amonov bir necha yillardan buyon Rossiyada mehnat patenti asosida ishlab kelayotgan muhojirlardan edi. Jurabek o‘z hujjatlariga e’tiborli bo‘lib, mehnat patenti uchun avans to‘lovlarini oldindan to‘lab borgan. Blogida u ko‘pincha politsiyachilarning o’z vakolatini suiste’mol qilishi, migrantlarga uy ijaraga olish, hujjatlarni vositachilarsiz rasmiylashtirishni o‘rgatib kelgan. Jurabekning YouTube...

“ОСАГО”siz harakatlanayotgan haydovchilarni yo‘l kameralari orqali aniqlash boshlanadi

2025-yil 1-martidan boshlab Rossiyada yo‘l harakati kameralari orqali haydovchilarning “ОСАГО” polisi bor-yo‘qligi tekshiriladi, deb yozadi «Izvestiya» nashri. Bu tajribani bir yil davomida o‘tkazishga qaror qilingan. “ОСАГО” polisisiz harakatlangan haydovchilarga «Госуслуги» orqali ogohlantirish yuboriladi. Tajriba davomida ogohlantirish jarimasiz yuboriladi. Keyinroq, tajriba o’zini oqlasa jarimalar ham yuborilishi nazarda tutilmoqda. Bu choraning...

Primoreda migrantlarga avtobus haydash va kuryerlik qilish taqiqlanadi

Primore mintaqasi hokimiyati 2025-yilda patent bilan ishlayotgan mehnat muhojirlarining faoliyatini cheklash niyatida. Bunday cheklovlar, dengiz yuklari va suv yo‘li orqali yo‘lovchi tashish sohasidagi ishlarga, shuningdek, ta’lim yo‘nalishidagi faoliyatga ham taalluqli. To‘liq ro‘yxatda 41 ta faoliyat turi ko‘rsatilgan.

Sheremetyevo aeroportida parkovka shartlari o‘zgardi

Sheremetyevoning E va F terminallarida parkovkaning yangi tarifi joriy etildi, deb xabar bermoqda aeroportning matbuot xizmati. «2024-yil 1-oktyabrdan boshlab Sheremetyevo aeroportining rasmiy avtoturargohlari uchun tariflar yangilandi. E va F terminallaridagi yopiq parkovkaning yangi tarifi – sutkasiga 500 rublni tashkil qiladi. Soatbay tariflar endi yo‘q», – deyiladi xabarda. Qayd etilishicha,...

Ramzan Qodirov Rossiyaning migratsiya siyosatini tanqid qildi

Checheniston rahbari Rossiyada migrantlarga qarshi ko’rilayotgan choralar uni «hafsalasini pir qilayotganini» bayon qildi. «Kimdir Rossiyani qo’shni do’stona davlatlar bilan ataylab to’qnashtirayotgandek», deydi Ramzan Qodirov. Migratsiya siyosatini o’zgartirish kerak bo’lsa, buni qo’lga tushgan barcha rus bo’lmaganlarga shafqatsizlarcha hujum qilishdan iborat jirkanch usulda qilish kerak emas. Hech narsaga qaramay ushlashmoqda, oxirgi...

Migrantlar ish joyi manzili bo‘yicha migratsiya qaydiga turishi mumkinmi?

Rossiya Ichki ishlar vazirligi migratsiya qaydidan o’tish tartibiga ko’ra, muhojirlar qonuniy ravishda ish joyi manzili bo‘yicha migratsiya qaydini rasmiylashtirishlari mumkinligini eslatadi. Ish joyi bo’yicha registratsiya qilishga ruxsat mavjudligi haqida «Парламентская газета» axborot bergan. Ma’lum qilinishicha, ish joyida migratsiya qaydidan o’tish uchun ish beruvchi migrant bilan mehnat yoki xizmat shartnomasini...

Podolskdagi omborda muhojirlarga qarshi reyd o’tkazildi

Grivno qishlog‘idagi katta omborxonada xavfsizlik kuchlari chet ellik ishchilarni tekshirgan. 250 nafar chet el fuqarosi tekshirilgan. Unga ko’ra, Rossiya hududida noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirgan 161 nafar shaxsga nisbatan bayonnomalar tuzilgan. «Har bir huquqbuzarga 5 ming rubl miqdorida jarima solingan va keyinchalik Rossiya Federatsiyasidan deportatsiya qilingan», – deb xabar...

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik fuqaroning jasadi topildi

Sankt-Peterburgning Nevskiy tumanida 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 5-oktabr kuni tushdan keyin Oktyabr qirg‘oq bo‘yidagi 26-uy yonidagi axlat konteyneri orqasida qonga belangan jasad topilgan. Aniqlanishicha, marhum yaqinda Rossiyaga kelgan va Murino shahrida yashagan. Jasad ekspertiza va o‘limning aniq sababini aniqlash uchun o‘likxonaga yuborilgan. Voqea yuzasidan...

Ukraina bilan urushda 3000 ga yaqin etnik qozoq halok bo‘ldi

Volontyorlar Ukrainada Rossiya tomonida jang qilib halok bo‘lgan etnik qozoqlar haqida ma’lumot yig‘ishda davom etmoqda. Sentyabr oyida Gʻarbiy Qozog‘iston viloyatining ikki fuqarosining o‘limi haqidagi xabar paydo bo‘ldi. Ulardan biri Oybek Ramazonov, ikkinchisining ismi oshkor qilinmagan. Ularning ikkalasi ham halok bo‘lganida allaqachon Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan. Volontyorlarning aytishicha, halok bo‘lganlar...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya