Turkum: Хабарлар

Qobulov Abduvohid Voxobjon o‘g‘lini yaqinlari qidirmoqda

Qobulov Abduvohid Voxobjon o‘g‘li 1997-yilning 1-iyulida Andijonning Marhamat tumanida tug‘ilgan. Hamyurtimiz bir necha marta Rossiyaga kelib, ishlab ketgan. Oxirgi marta Rossiyaga ishlashga kelib, qurilish korxonasida mehnat qilayotgani haqida oilasiga xabar bergan. Yaqinlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Abduvohid oxirgi marta Rossiyaga kelganida patent rasmiylashtirmagan. Shuning uchun oylik migratsion qaydi (registratsiyasi) tugashiga yaqin...

Rossiyada koronavirusning yangi varianti tez tarqalmoqda

Rossiyada «ХЕС» deb nomlangan yangi koronavirus varianti tez tarqalmoqda, uning simptomlari «omikron»ning boshqa subvariantlariga o‘xshash. “XEC” — bu FLiRT nomli omikronning avvalgi ikki subvariantining qorishmasi, deb tushuntirmoqda idora. Yangi virus simptomlari avvalgi koronavirus belgilariga o‘xshash: isitma, tomoq og‘rig‘i va bosh og‘rig‘i, yo‘tal, hid va ishtaha yo‘qolishi, charchoq va burun...

Qozog’iston migratsiya siyosatini kuchaytirmoqchi

Qozog’iston 30 kundan ko‘p muddatga kelgan xorijiy fuqarolarni ro’yxatga olishni qayta tiklash va deportatsiya jarayonini soddalashtirish rejalashtirmoqda «Xorijiy fuqarolarni ro’yxatga olish qoidalarini qaytarish masalalari ko’rib chiqilmoqda, bu turistlarga emas, balki Qozog’istonda 30 kundan ortiq bo’lishni maqsad qilganlarga taalluqli bo’ladi», – deydi migratsiya xizmati rahbari Aslan Atalikov. Ro’yxatga olishni axborot...

Migrantning yuragini yegan odamxo‘r Ukraina urushidan qishlog‘iga qaytib keldi

Volgograd viloyatida yashagan Dmitriy Malishev maxsus harbiy operatsiya (SVO) zonasidan yarador bo‘lib tug‘ilib o‘sgan Raxinka qishlog‘iga qaytdi. Bu ma’lumotni Raxinskiy qishloq aholi punkti rahbari Fyodor Kadovba tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Malishev jarohati tufayli ta’tilga kelgan va tuzalgach yana frontga ketish niyatida. Malishev 10 yil avval o‘ziga tanish bo‘lgan tojikistonlik...

Transport sohasidagi yangiliklar

Xo‘jandga avtobus reysi ochildi Toshkent viloyatining Olmaliq shahridan Tojikistonning Xo‘jand shahriga muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Olmaliq – Xo‘jand yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni «Olmaliq Isuzu Trans» korxonasi amalga oshirmoqda. Avtobuslar Olmaliq avtovokzalidan har kuni soat 7:00 da jo‘nab ketadi. «Rossiya temir yo‘llari» korxonasi O‘zbekistonda...

Avariyaga uchragan o‘zbekistonlik migrantning oyoqlari operatsiya qilinadi

Sankt-Peterburgdagi yo’l-transport hodisasidan jabrlangan o’zbekistonlik kuryerning avariya natijasida uning oyoqlari singan, biroq holati barqaror. Endi uni oyoqlarini tiklash uchun murakkab operatsiyasi kutmoqda. Bu haqda o’zbekistonlik kuryerning qarindoshi «X» ijtimoiy tarmog’ida xabar bergan. Eslatib o’tamiz, hodisa 19-sentabr kuni Sankt-Peterburgdagi Sredniy prospekt va Vasilyevskiy ostrov 1-yo’li ko’chalari kesishmasida sodir bo’lgandi. 38...

Urushda qatnashgan ikki tojikistonlik vataniga tobutda qaytdi

Ukrainada Rossiya tomonida jang qilib halok bo‘lgan yana ikki nafar Tojikiston fuqarosining jasadi vatanlariga olib kelindi, deb xabar bermoqda «Настоящее время» nashri. Ma’lum bo‘lishicha, Badaxshon viloyatining Ishkoshim tumanidan bo‘lgan 36 yoshli Sodiq Kambarov Rossiyada yollanib, 18-iyul kuni Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan vaqtda halok bo‘lgan. Halok bo‘lgan ikkinchi tojikistonlikning...

Migrantlar uchun rus tili imtihonlariga og‘zaki sinov ham qo‘shilishi mumkin

Rossiyaning Ta’lim va fan vazirligi deputat Sardana Avksentevaning mehnat migrantlari uchun rus tili imtihonini og‘zaki qism bilan to‘ldirish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Sardana Avksenteva Ta’lim va fan vaziri Valeriy Falkovga murojaatida migrantlar uchun rus tili imtihoni faqat yozma shaklda o‘tkazilishini, unda og‘zaki qism yo‘qligini ta’kidlagan. Deputatning fikriga ko‘ra, og‘zaki muloqot mehnat...

O‘zbekistonga «tosh otgan» xorijliklar uchun «qora ro‘yxat» yuritiladi

20-sentyabr kuni o‘tkazilgan Oliy Majlis senatining yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi senatorlar tomonidan ma’qullandi. Unga ko‘ra, «O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati» yuritiladi. Ro‘yxatga kimlar kiritiladi? Bular...

Rossiyadan chiqarib yuborish rejimi doirasida noqonuniy muhojirlar reyestri yaratilishi boshlandi

Reyestr ishga tushganidan keyin undagi ro‘yxatga tushgan muhojirlar “ЗАГС”dan o‘ta olmaydi, bank va davlat xizmatlaridan foydalana olmaydi, farzandlarini bog‘cha va maktablarga joylashtira olmaydi. Bu haqida Rossiya Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy “Коммерсант” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Rossiyada 2025-yilning fevral oyidan noqonuniy migrantlar reyestri, ya’ni ro‘yxati ishga tushishi...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya