Turkum: Хабарлар

O‘zbekistonliklar Rossiyaga kiritilmayapti: Sheremetyevoda vaziyat murakkab

O‘zbekiston fuqarolarining ommaviy ravishda Rossiyaga kiritilmaslik holatlari hanuzgacha davom etmoqda. Xususan, Sheremetyevo aeroportida har kuni har bir reysdan o‘nlab o‘zbekistonliklar Rossiyaga kiritilmay qaytarilmoqda. O‘zbekistonliklar nima uchun Rossiyaga kiritilmayotgani borasida hech qanday ma’lumot olishning iloji yo‘q. Rossiyaga kiritilmagach, fuqarolar bir necha kun davomida aeroportda ovqatsiz, yetarli shart-sharoitlarsiz qolib ketyapti. Vaziyat...

Moskva viloyatida migrantlarga ko‘cha taomlari va boshqa sohalarda ishlash taqiqlanadi

Moskva oblasti hukumati 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab patent bilan ishlaydigan migrantlarga alkogol va tamaki savdosi, ko‘cha taomlari, ijtimoiy xizmatlar, shuningdek, sport, madaniyat, dam olish, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida ishlashni cheklaydi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabar berdi. «So‘nggi uch yil ichida savdo sohasidagi xorijlik ishchilar ustidan shikoyatlar ancha oshdi....

Migrantlarni chiqarib yuborish rejimi: yangiliklar bo‘yicha qisqacha yo‘riqnoma

Avvalroq Rossiyaning migratsiya qonunchiligini o‘zgartirishga qaratilgan qonun loyihalari to‘plami qabul qilingani haqida yozgan edik. Ulardan biri – «chiqarib yuborish rejimi»ni joriy qiluvchi qonun loyihasidir. 2025-yilning 5-fevralidan kuchga kiradigan «chiqarib yuborish rejimi» haqidagi asosiy ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz. Chiqarib yuborish rejimi – Rossiyada qonuniy yashash va ishlash uchun asoslari tugagan yoki...

“MAZ” avtozavodidagi o‘zbek ishchilari nimadan norozi?

“Assalomu alaykum, musofirchilikda yurgan o‘zbek aka-ukalar va opa- singillar! Barchalaringiz sog‘-salomat yuribsizlarmi? O‘zbekiston Migratsiya vazirligi chet el davlatlari bilan ish va ish joylari, xalqimiz uchun yaxshi bitimlar va shartnomalarni yo‘lga qo‘yib kelmoqda. Bu xabarlarni o‘qib, xursand bo‘lasan kishi. Lekin “afsusdaman”, deb og‘ir vaziyatlarga tushib qolayotgan yurtdoshlarimiz ham oz emas....

Krasnoyarskda reydda qo‘lga olingan muhojirlardan DNK tahlillari olingan

Krasnoyarsk bozorlarida o‘tkazilgan reydlar natijasida 520 muhojir qo‘lga olingan. Reyd davomida politsiya bo‘limiga yetkazilgan har bir muhojirdan so‘lak namunalari olingani haqida Meduza nashri xabar bermoqda. Reyd noqonuniy migratsiya bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov doirasida tashkil qilindi, deb xabar bergan Krasnoyarsk o‘lkasi bo‘yicha Tergov qo‘mitasi. Qo‘lga olinganlarning 417 nafari...

Rossiyada migrantlarning ishlashi taqiqlangani sababli transport sohasida kollaps boshlandi

Magadanda migrantlarga jamoat transportlarida ishlash taqiqlangani tufayli muammolar paydo bo‘ldi. Bu haqda shahar meri Yuriy Grishan ma’lum qilgan. – Avtobuslar kamligi muammosi mavjud, odamlar bekatda uzoq vaqt kutishlariga to‘g‘ri kelyapti, jadvallar buzilmoqda. Bu muammo haqiqatan mavjud va kuchayib bormoqda. Chunki xorijlik fuqarolarni ishga qabul qilish cheklangani sababidan korxonalar juda...

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ayol yo‘qolib qoldi

Muyassarxon Rahimovani oila a’zolari bir yildan buyon aloqaga chiqmayotgani uchun izlab kelmoqda, biroq hech qanday natija bo‘lgani yo‘q. O‘zbekistonlik ayolni uyda ikki farzandi, 75 yoshli onasi kutmoqda. Migrant.uz tahririyati bilan bog‘langan Muyassarxonning opasining aytishicha, Muyassar Sobirjonovna Rahimova Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida 1982-yilda tug‘ilgan. Ikki nafar farzandi bor. Farzandlari ayni...

«Har bir inson o‘zi va oilasi ravnaqi uchun har qanday davlatda to‘q hayot izlashga haqli, lekin…»

Germaniya kansleri Olaf Sholsning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Migratsiya va mobillik sohasida bitim imzolandi. Bitim Germaniyada katta ehtiyoj bo‘lgan malakali ishchilar, mutaxassislar hamda muhandislarni jalb qilishni nazarda tutadi. Shunday xabarlarni ko‘rsam, ochig‘i, o‘zimni noqulay his qilaman. Tizzasi yirtiq dehqon egnidagi oxirgi yaktagini ham yechib boyotaga hadya qilayotgandek tuyuladi. To‘g‘ri,...

Olaf Shols O’zbekistonga keldi. O‘zbek ishchilarining Germaniyaga borishi osonlashadi

Germaniya kansleri Olaf Shols Markaziy Osiyoga uch kunlik safari doirasida yakshanba kuni O‘zbekistonning Samarqand shahriga keldi va O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etdi. Tashrif davomida mehnat migratsiyasi sohasida shaffof va tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan bitim imzolangani xabar qilindi. Masʼul idoralar darajasida talab yuqori boʻlgan oʻzbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash va Germaniyaga...

Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya va Rossiya o‘zbekistonliklarni ishga taklif qiladi

«Spot» nashri Yevropa davlatlarida O‘zbekiston fuqarolariga taklif etilayotgan ish o‘rinlarini o‘rgandi. O‘zbekiston Bandlik vazirligi Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya va Rossiyada 9,5 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha tanlov e’lon qildi. Maosh mamlakat va mutaxassislikka qarab, 900 dan $2,5 minggacha o‘zgaradi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati. Slovakiya avtomobil va ishlab...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya