Yekaterinburgda o‘zbekistonlik muhojir 26-qavatdan yiqilib halok bo‘ldi
Yekaterinburgning Chkalov tumani prokuraturasi Molodogvardeytsev va Panfilovtsev ko‘chalari chorrahasida joylashgan qurilish obyektida ro‘y bergan ishchining o‘limi yuzasidan tekshiruv boshladi. Fojia 2024-yilning 12-sentyabr kuni soat 17:00 atrofida 26-qavat darajasida ishlayotgan qurilish ishchisi fasad ko‘tarmasidan («lyulka») qulashi oqibatida yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, konstruksiyaning bir tomonidagi kabel uzilishi 1975-yilda tug‘ilgan ishchining...