Turkum: Хабарлар

Rossiya hukumati qoidabuzar migrantlarni amnistiya qilish masalasini muhokama qilmoqda

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Rossiyada 630 mingga yaqin noqonuniy migrant bor. Ularni mamlakatni tark etishga undash uchun hukumat 2025-yildan boshlab nazorat ostidagi shaxslar reyestrini joriy qilishni rejalashtirmoqda. Biroq, uning talablarini tavsiflovchi me’yoriy hujjatlar hali mavjud emas. Bundan tashqari, unga kiritilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar miqdorini kamaytirish uchun...

Moskvada kurash klubidagi reyd paytida migrantlar kaltaklandi

Kuch ishlatar tuzilmalari Tergov qo‘mitasi bilan birgalikda Moskvaning Taganskayadagi «Ермак» sport klubiga tekshiruv bilan kelishgan. Rasmiy ma’lumotda sport klubida ekstremistik jamoat tashkil etish shikoyati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilgani va natijada migratsiya qonunchiligi buzilishi holatlarni aniqlangani xabar berilgan. Tergovchilar 21 nafar chet el fuqarosini tekshirib, ulardan 6 nafari mamlakatga kirish qoidalarini...

Rossiya aeroportlaridagi o‘zbekistonliklar ahvoli rossiyalik OAV e’tiborini tortdi

Oradan bir oy o‘tib, Rossiya aeroportlarida mamlakatga kirolmay sarson bo’layotgan o’zbekistonliklar vaziyati rus jurnalistlarining e’tiborini tortishni boshladi. Aeroportlarda o’zbekistonliklar yuzlashayotgan noinsoniy shart-sharoitlar haqida nihoyat Rossiya OAVlari yoza boshladi. «Московский Комсомолец» nashrida bu voqealarning eng birinchi va nisbatan batafsil tavsifini uchratish mumkin. «Ikki qavat aeroportni buyumlarimiz bilan egallaganmiz. Oramizda ayollar...

Pavel Durov – to‘rtta pasporti bor mahbus

“VKontakte” va “Telegram” kabi mashhur loyihalarni asoschisi Pavel Durov qonun bilan bog‘liq muammolardan qochishning eng yaxshi yo‘li, marka yoki tanga yig‘ish emas, pasportlarni kolleksiya qilish degan fikrda bo‘lgan, shekilli. Har holda 2024-yil holatiga ko‘ra, Durovning to‘rtta: Rossiya, Sent-Kits va Nevis, BAA va fransuz pasportlari bor edi. Durov Rossiyada tug‘ilgan...

Istanbuldan Samarqandga uchayotgan samolyot Turkiyada favqulodda qo‘ndi

«Qanot Sharq» aviakompaniyasining HH572 reysi bilan Istanbul – Samarqand yo‘nalishida uchgan Airbus A320 samolyot (bort raqami UK32031) Turkiya osmonida bortida avariyaviy holat sodir bo‘lgani uchun yo‘lidagi eng yaqin zaxira aeroporti – Amasya viloyatidagi Merzifon aeroportiga qo‘ngan. “Novosti Tashkenskogo neba” spotterlik kanalining yozishicha, Turkiya osmoni bo‘ylab parvoz chog‘ida reys ekipaji...

Volgograddagi qamoqxonaga hujum uyushtirganlar orasida faqat bitta o‘zbekistonlik bo‘lgan

Avvalroq, OAV Volgograd viloyatidagi IK-19 koloniyasi xodimlariga hujum uyushtirganlar orasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi borligi haqida xabar bergan edi. Biroq ma’lum bo‘lishicha, hujumchilar orasida faqat bitta mahkum – Sayfiyev Shohijahon G‘aybullo o‘g‘li O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Oldinroq nomlari keltirilgan mahkumlar – Ramzidin Toshev va Temur Husinov Volgograd viloyati IK-19 koloniyasidagi...

Rossiya migrantlar ustidan nazoratni kuchaytiradi

Rossiya hukumati aholining yagona federal axborot registridagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadlari: – Rossiyada qisqa muddat (olti oy ichida 90 kungacha) bo‘lgan chet elliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar registriga kiritilishi. Ayni paytda registrda faqat mamlakatda uzoq vaqt bo‘lgan migrantlar haqidagi ma’lumotlar...

Rossiyada vatanida sudlangan muhojirlarni deportatsiya qilish taklif etildi

Migrant.uz tahririyatiga kelib tushgan murojaatda muhojirlar sudlangan xorij fuqarolari endi Rossiyaga kiritilmasligi haqidagi qonun qachon kuchga kirishini so‘ragan. Sudlangan muhojirlarni Rossiyaga kiritmaslik taklifi qonun deputat Sardana Avksenteva tomonidan aytilgan. Unga ko’ra Rossiyadan barcha sudlangan, jumladan sudlanganlik holati olib tashlangan yoki o‘chirilgan muhojirlarni deportatsiya qilish kerak. Parlament a’zosi bu fikrni...

Telegram asoschisi Pavel Durov Parijda hibsga olindi

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Ozarbayjondan Fransiyaga uchib kelganida Le-Burje aeroportida hibsga olingan. U bilan birga soqchisi va noma’lum ayol ham bo‘lgan. Durov Telegramdagi kontentni moderatsiya qilishdan bosh tortgani uchun og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda. TF1 telekanali Durov ayblanayotgan jinoyatlar orasida terrorizm, giyohvand moddalar savdosi, noqonuniy ravishda pullarni yuvish va boshqalarni...

Volgograddagi qamoqda bo’lgan hujum yakunlandi

“Mash” ma’lumotlariga ko’ra, IK-19 hududida spesnaz tomonidan shturm o’tkazildi. Roppa-rosa yarim soat davom etgan shturmda barcha hujum uyushtirgan mahbus-muhojirlar yo’q qilingan. Voqea joyida tez yordam brigadalari ishlamoqda. Garovdagi barcha qutqarilgan. Oldinda mazkur voqealar ketidan qamoqxonalarda nazoratning kuchaytirilishi, muhojir mahbuslarga munosabatning yomon tomonga o’zgarishi, oddiy migrantlarga esa tekshiruvlar kuchaytirilishi kutayotganini...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya