Turkum: Хабарлар

Yelabugada ham elektrosamokatlar taqiqlandi

Tatarstonning Yelabuga shahrida elektrosamokatlar va boshqa individual harakatlanish vositalari ijarasiga to‘liq taqiq qo‘yildi, chunki bu yerda zarur infratuzilma mavjud emas. Bu haqda mahalliy hokimiyat, jumladan, Yelabuga tumani ijroiya qo‘mitasi xabar berdi. Hokimiyat vakillarining tushuntirishicha, shaharda velo-yo‘lakchalar, maxsus yo‘llar va xavfsiz harakatlanishni ta’minlovchi belgilar yo‘q. Ijroiya qo‘mitasi rahbari Elmira Axmadeyeva...

AQSHda o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Iyul oyi boshida, Nyu-York shtatining shimoliy qismi, Kanada bilan chegara yaqinida AQSh chegarachilari yetti kishi — besh nafar Eron va ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mikroavtobusni to‘xtatdi. Bu haqda bosh patrul agenti Robert Garsiya xabar bergan. Chegara xizmati xodimlari AQSh-Kanada chegarasida joylashgan Murs Forks shahri hududida shubhali harakatni payqashdi....

Patentga soxta kvitansiya qilgan migrant olti oygacha qamalishi mumkin

Petropavlovsk-Kamchatskiyda polisiya mehnat patentini to‘lash uchun soxta kvitansiya ko‘rsatgan 46 yoshli migrantni qo‘lga oldi. Endi erkak olti oygacha qamoqqa yuborilishi mumkin. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, mamlakatda ishlashni istagan xorijliklar maxsus patent sotib olishlari shart. U bir oydan bir yilgacha muddatga beriladi. Busiz ishlash rasman mumkin emas. Hujjatlarni tekshirish vaqtida politsiya...

Haydovchilar va migrantlar uchun davlat bojini oshirish ma’qullandi

Davlat Dumasining Byudjet va soliqlar qo’mitasi yangi davlat bojlarini joriy etish va amaldagilarini oshirish to’g’risidagi qonun loyihasini birinchi o’qishda qabul qilishni tavsiya qildi. Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar birinchi navbatda avtomobilchilar va migrantlarga taalluqlidir. Loyiha 15-iyul kungi yig‘ilishda ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. O‘zgartirishlar loyihasi hukumat tomonidan 7-iyul kuni ko‘rib chiqish uchun...

Muromda migrant urib o‘ldirildi

Vladimir viloyatining Murom shahrida 24 yoshli mahalliy fuqaro muhojirni kaltaklab o‘ldirganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda 14-iyul kuni Tergov qo‘mitasi xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 2025-yil 28-iyunga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Nijniy Novgorod viloyatida qurilishda ishlayotgan MDH davlatlaridan biridan ikki nafar muhojir Muromdagi tungi klubga dam olishga kelgan....

Rossiyada noqonuniy migratsiya ayblovi bilan politsiya boshlig‘i hibsga olindi

Nijniy Novgorodda aeroport politsiyasi boshlig‘i Namig Musayev qo‘lga olindi. OAV xabarlariga ko‘ra, u bilan boshqa politsiya xodimlari va FSB xodimlari ishlagan. Ular muhojirlarning Rossiyada noqonuniy qolishiga yordam berganlikda gumon qilinmoqda. Rossiya manbalariga ko‘ra, tergovchilar Musayev va uning sheriklari migratsiya qoidalarini buzgan migrantlarni jarimaga tortmaganini aniqlagan. Aksincha, ularga pora evaziga...

Ispaniyadagi muhojirlarga qarshi tartibsizliklar: Torre-Pachekoda nima gaplar?

Ispaniyaning Mursiya mintaqasida joylashgan Torre-Pacheko shahrida bir necha kundan beri notinchlik hukm surmoqda. Hammasi 2025-yil 10-iyulda sodir bo‘lgan voqeadan boshlandi. Domingo ismli 68 yoshli fuqaro qabriston yonida bir guruh yoshlar tomonidan kaltaklangan. Keyinroq uning aytishicha, hujum qilganlar Shimoliy Afrika davlatlaridan (Mag‘rib) kelgan muhojirlar bo‘lishgan. Bu ijtimoiy tarmoqlarda nafrat uyg‘otish...

Ukrainada o‘nlab markaziy osiyoliklar halok bo‘lgani aniqlandi

BBC, Mediazona va ko‘ngillilar jamoasi Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan 118 139 nafar rossiyalik askarning ismlarini aniqladi. Ulardan 500 dan ortig‘i 28 davlat, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan muhojirlardir. Eng ko‘p halok bo‘lganlar Tojikiston fuqarolari — 72 kishi bo‘lsa, O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda — 66 kishi. Jurnalistlarning qayd etishicha, Tojikiston va...

O‘zbekistonda pasport qoidalarini buzganlik uchun jarimalar o‘zgartirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-iyul kuni O‘zbekiston fuqarolari va xorijliklarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishga oid qonunni imzoladi. Bu qonunda pasport va ro‘yxatga olish tartiblarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar miqdori o‘zgartirildi. Endi pasport yoki ID-kartasi yo‘q yoki muddati o‘tgan hujjat bilan yashagan fuqaroga yarim BHM (187,5 ming so‘m) miqdorida jarima...

Yugrani “o‘zbeklarning vatani” degan deputatni prokuratura oqladi, biroq…

Xanti-Mansi avtonom okrugida (XMAO) deputat Xolid Tagizoda mintaqani “o‘zbeklarning vatani” deb atagani kuchli reaksiyaga sabab bo‘ldi. Davlat Dumasi deputati Vladimir Sisoyev hatto prokuraturaga ushbu bayonotni tekshirishni so‘rab so‘rov ham yubordi. Biroq, RT xabar berishicha, Xanti-Mansi avtonom okrugi prokuraturasi deputatning so‘zlarida qonunbuzarlik aniqlamagan. Rasmiy javobda aytilishicha, deputatning nutqida Rossiya hududiy...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya