Diniy idoraning Rossiyadagi doimiy vakili tayinlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Rossiya Federatsiyasidagi doimiy vakilini tayinladi. Mazkur vazifaga Moskva shahridagi Imom Muhammad al-Buxoriy nomidagi musulmonlar diniy tashkiloti raisi hamda “Imom al-Buxoriy” madrasasi mudiri Umidbek Mamtaliyev tayinlandi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, keyingi yillarda Rossiya musulmonlari diniy idorasi bilan diniy-ma’rifiy, ilmiy va madaniy sohalardagi hamkorlik aloqalari...








