Maqola

1 005 23/09/2025

O‘tgan haftada chechen tadbirkori moskvaliklarning ishlashni istamasligi, migrantlar ketkazilsa o‘rniga kavkazlik sportchilar kelishi haqida aytgan so‘zlari tarqalib ketgan edi.

Moskva sudi chechen tadbirkorini moskvaliklar, osiyoliklar va kavkazliklar haqida aytgan so‘zlari uchun hibsga oldi. Islom Amirxanov o‘shanda «endi ular sizni olib yurishadi! Moskvaliklar imkon qadar xushmuomala bo‘lishlari kerak», – deya qo‘shimcha qilgandi.

Video prokuratura e’tiborini tortdi. Moskvaning Ostankino tuman sudi Islomni “nafrat yoki adovat qo‘zg‘atish”da aybdor deb topib, 15 sutkaga hibsga hukm qildi.

Tadbirkor o‘z aybini tan oldi, biroq lingvistik ekspertiza xulosalariga qarshi chiqdi. U videoni hazil tariqasida olgani, kimnidir haqorat qilish yoki kamsitishni o‘ylamasdan, adovat va nafrat uyg‘otish niyatida bo‘lmaganini ta’kidlagan.

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya