Maqola

467 08/08/2025

Joriy yil boshidan beri Checheniston Respublikasi hududidan 60 dan ortiq xorij fuqarosi Rossiya hududidan chiqarib yuborilgan. Bu haqda Federal sud ijrochilari xizmatining mintaqa bo‘yicha boshqarmasi xabar berdi.

Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, chiqarib yuborilganlarning barchasi noqonuniy migrantlar, yaʼni Rossiyada yashash yoki ishlash uchun zarur hujjatlarga ega boʻlmagan shaxslardir. Ular xavfsizlik kuchlari – politsiya, Rossiya Milliy gvardiyasi va migratsiya xizmatining birgalikdagi reydlari chog‘ida aniqlangan.

Chiqarib yuborilganlarning aksariyati Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari. Muayyan davlatlar nomi aytilmagan, lekin odatda ular Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikistondan bo‘lishadi. Sud ularning Rossiyada bo’lishini noqonuniy deb topganidan so’ng jarimalar qo’llanildi va deportatsiya bo’yicha qarorlar qabul qilindi.

Rossiya qonunchiligiga ko’ra, chiqarib yuborilgandan so’ng, bunday fuqarolarga 5 yilgacha Rossiya Federatsiyasiga kirish taqiqlanadi. Bu migratsiya rejimi buzilgan taqdirda standart chora hisoblanadi.

Qizig‘i shundaki, respublika rahbari Ramzan Qodirov ilgari muhojirlarga nisbatan qattiqqo‘l choralarni qoralab gapirgan edi. U migrantlarga nafrat uyg‘otishning hojati yo‘qligini ta’kidlab, ko‘plab muhojirlar halol mehnat qilib, iqtisodiyotga hissa qo‘shayotganini eslatgan edi.

«Migrantlar pul topish, oilasini boqish uchun kelishadi. Ularni haqorat qilish yoki aybsiz aybdorlarga aylantirish mumkin emas», degan edi Qodirov o‘z chiqishlaridan birida.

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya