168 19/02/2024

Patent bilan ishlab kelayotgan mehnat muhojirlari bir yildan so‘ng patentni uzaytirish uchun chegaraga borishlari shart emas. Qonunchilikda patentni keyingi yillarga ham chegaraga chiqmay uzaytirish tartibi mavjud. Mazkur materialda chegaraga chiqmay patentni uzaytirish haqida ma’lumot beramiz.

Mehnat muhojirlari patentni keyingi yilga uzaytirish uchun chegaraga chiqib kelishi shart emas. Mehnat patentini qayta rasmiylashtirish uchun amaldagi patentining muddati tugashiga kamida 30 kun qolganida quyidagi hujjatlar jamlanmasini olib, patent beradigan MVD bo‘limiga murojaat qilishlari kerak. Moskvada bu MMS Saxarovo. Boshqa regionlarda MVD qoshidagi pasport-viza markazlari.

Demak, patentni uzaytirish uchun topshirish lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:

1. Patentni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida belgilangan tartibdagi ariza. Uni patent oladigan joyda to‘ldirib berishlari mumkin.
2. Ikki dona 3×4 hajmdagi fotosurat (suratning biri ariza varag‘iga yopishtiriladi);
3. Pasport yoki chet el fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjat va uning notarial tarjimasi (2 nusxa kerak bo‘lishi mumkin) ;
4. Migratsiya kartasi;
5. Tugayotgan patentning yil davomida to‘langan barcha cheklari yoki to‘langanligini tasdiqlovchi boshqa xujjatlar;
6. Rossiya Federatsiyasi hududida amal qiluvchi ixtiyoriy tibbiy polis – DMS.
7. Tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik ma’lumotnomasi;
8. Rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari testlarini topshirganlikni tasdiqlovchi sertifikat;
9. Muhojir firma yoki tashkilotda ishlasa, RF Mehnat Kodeksining 50.1 bandi asosida rasmiylashtirilgan mehnat shartnomasi;
10. Ish beruvchi, ish (xizmat) buyurtmachisining chet el fuqarosining patentni qayta rasmiylashtirishi uchun berilgan iltimosnomasi (Xodataystvo).

Agar tashkilotda emas, xususiy ishlarda ishlayotgan bo‘lsangiz, buyurtmachingiz bilan tuzilgan xizmat shartnomasi va undan olingan “xodataystvo” bilan patentni uzaytirishga topshirishingiz mumkin.

Ikki xil holatda patentni uzaytirishda rad javobini berishlari mumkin.
• Yuqorida berilgan ro‘yxatdagi hujjatlardan birortasi taqdim etilmasa;
• Chet ellik patentni qayta rasmiylashtirish uchun kech murojaat qilsa.

Qayta rasmiylashtirilgan patent chet el fuqarosiga pasporti (yoki shaxsini tasdiqlovchi xujjat)ni shaxsan ko‘rsatgan taqdirda beriladi.

Shuningdek, jismoniy shaxs sifatida avans to‘lovini amalga oshirganligini tasdiqlovchi hujjat (ya’ni yangi patent uchun hech bo‘lmaganda bir oy uchun to‘lash kerak) bo‘lishi kerak.

Shundan so‘ng patent uchun soliqni odatdagidek o‘z vaqtida to‘lab borilishi kerak va bir yilga registratsiya ham qilish mumkin.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация