188 16/02/2024

Pulni tejash uchun muhojirlar patent uchun bir necha oyga oldindan pul to’lab qo’yadilar. Bu kutilmagan vaziyatlardan o’ziga xos himoya va registratsiyani uzaytirish uchun kafolat ham.

Ba’zan, oilaviy yoki boshqa maishiy sabablar tufayli, muhojirlar Rossiyani qisqa muddatga tark etishga majbur bo’lishadi. Chegarani kesib o’tishda chet el fuqarosining to’langan patenti o’z kuchini saqlab qoladimi, degan savol qiynay boshlaydi. Agar patentga pulni bir necha oyga oldindan to’lab qo’ygan bo’lsangiz, Rossiyadan ketish bilan patentingiz bekor bo’lmaydi. Boshq davlatga borib kelib, patentingizni yana ishlataverasiz. Ushbu norma “Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquqiy holati to’g’risida”gi Federal qonunda ko’rsatilgan.

Masalan, 2024-yil 10-yanvarida patent olib 4 oy uchun oldindan to’lab qo’ydingiz va shu bilan patentning amal qilish muddatini 2024-yil 10-maygacha uzaytirgan hisoblanasiz. Lekin 5 mart kuni O’zbekistonga ketib, 17 aprelda qaytib kelmoqchisiz. 17 aprel kuni qaytganingizda patentingiz amal qilayotgan bo’ladi, shu patentingizni ishlatib yuraverasiz. Chunki siz oldindan 10 maygacha to’lab qo’ygansiz. Patentga navbatdagi to’lovingiz ham 10 mayda amalga oshirilishi kerak bo’ladi.

Agar qiyin vaziyatlar yuzaga kelsa, professional huquqiy yordam uchun yuristlarimizga murojaat qiling.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация