
Chelyabinsk viloyati Troitskiy tumani hokimiyati «Русская община» harakatini ekstremistik deb atadi va uni nomaqbul tashkilot deb tan oldi. Bu haqda «Русская община Zov» telegram-kanalida xabar berildi.
Bunday qaror ekstremizmga qarshi kurash komissiyasi tomonidan qabul qilingan. Shuningdek, uyushma faoliyatida ishtirok etayotgan har bir shaxsning kimligini aniqlash topshirildi. «Русская община» ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy aholiga tashkilotga a’zo bo‘lish taqiqlangan. Telegram kanali rasmiylar ishtirokchilarni ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali kuzatib borish niyatida ekanini da’vo qilmoqda.
Harakat huquqshunoslari bu qarorni noqonuniy va fuqarolar huquqlarini poymol etish deb hisoblaydi. Ularning fikricha, amaldorlar harakatni sud asoslarisiz oldindan ayblagan. «Русская община» mahalliy hokimiyat organlarining harakatlari butun mamlakat uchun xavfli presedent yaratishi mumkinligini ta’kidlagan.
Avvalroq Moskvada tashkilot reyd paytida bolalarni o‘g‘irlashga uringanlikda ayblangan, biroq harakat buni milliy adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan provokatsiya deb atagan edi.