Maqola

933 22/11/2024

8-noyabr kuni Chelyabinskda keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan mojaro sodir bo‘ldi. “Russkaya obshina” a’zolari va Teplotexnika instituti yaqinida ikki guruh o‘rtasidagi to‘qnashuv mahalliy va federal tuzilmalar e’tiborini tortdi.

Voqea Teplotexnika instituti hududida o‘smirlar o‘rtasida yuzaga kelgan og‘zaki janjaldan boshlangan. Bir necha daqiqadan so‘ng shu joyda to‘plangan ikkala guruh vakillari o‘rtasidagi mushtlashuv travmatik qurollar, qalampirli sprey va raketnisalarni ishlatishgacha yetib bordi.

Dastlabki xabarlarda “Russkaya obshina” guruhi a’zolari o‘z raqiblarini “xalqaro muhojirlar to‘dasi” deb atagan.

Biroq, keyinroq xavfsizlik kuchlaridagi manbalar mushtlashuv hech qanday etnik kelib chiqishiga ega emasligini ma’lum qildi. Janjalda qatnashgan ikkinchi tomon “Teplotexovskiylar» nomi bilan tanilgan mahalliy guruh bo‘lib chiqdi.

Polisiya mushtlashuv ishtirokchilarining aksariyatini aniqladi va tergov organlari bezorilik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin vaziyatga shaxsan aralashdi.
“Russkaya obshina” a’zolari avvaliga qarshi tomonni qurol ishlatishda ayblagan edi. Biroq videokuzatuvlardan buning aksi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng drujinniklar qurolni faqat o‘zini himoya qilish uchun qo‘llaganliklarini da’vo qilishdi. Biroq, ular tomonidan e’lon qilingan videomateriallar ular tomonidan quroldan faol foydalanilganidan dalolat beradi.

 

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya