Maqola

350 14/02/2025

Chelyabinskda 30-sonli avtobus haydovchisi reys vaqtida ayol yo’lovchi bilan janjallashgan. Qo’l ko’tarishgacha yetay degan mojarо videosi internetda tarqatildi. Videoda haydovchi ayolni «tovuq» deb haqorat qilgani ko’rinadi. Video tarqalgandan so’ng, millatchilar haydovchi migrant ekanligini ta’kidlab, vaziyatni keskinlashtira boshlashdi. Ammo haydovchi muhojir ekani haqida hech qanday rasmiy ma’lumot mavjud emas. Lekin ba’zi OAV haligacha haydovchi chet ellik ekani haqidagi ma’lumotni tarqatishda davom etmoqda. Chelyabinsk transport vazirligi rahbari tekshiruv o‘tkazilishi, haydovchi esa ishdan bo’shatilishi mumkinligini ma’lum qildi. Politsiya haydovchini hibsga olgani ma’lum.

Yuz bergan voqea yuzasidan ish beruvchi izoh berdi, Tergov qo’mitasi esa tekshiruv boshlagani xabar berilmoqda.

Chelyabinskda yo’lovchilarni haqorat qilgan 30-sonli avtobus haydovchisi ishdan bo’shatiladi. Bu haqda 12-fevral kuni haydovchi ishlagan kompaniya vakili Aleksandr Isayev ma’lum qilgan.

— Haydovchi, shubhasiz, noto’g’ri yo’l tutdi. Biz jabrlanuvchi yo’lovchi bilan bog’lanib, uzr so’radik, uzrlarimiz qabul qilindi, uning tashuvchiga nisbatan e’tirozi yo’q, — deb izoh berdi Aleksandr Isayev.

— Haydovchi kelib, shaxsan uzr so’rashga tayyor edi, lekin hozir u “ГИБДД”da — ish bo’yicha tergov olib borilyapti. Haydovchi bilan tushuntirish ishlari olib borilib, mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

Bu voqeadan so’ng Tergov qo’mitasi bezorilik moddasiga ko’ra, jinoiy ish doirasida tekshiruv boshladi.

— Tergovchi sodir etilgan voqeaning barcha holatlarini aniqlashga qaratilgan zarur tekshiruv tadbirlari majmuasini amalga oshirmoqda, natijalariga ko’ra protsessual qaror qabul qilinadi, — deyiladi Tergov qo’mitasining mintaqaviy boshqarmasi xabarida.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya