Maqola

162 24/07/2024

Moskvadagi cherkovda shamlarni o‘chirgan Tojikiston fuqarosi shizofreniya kasalligidan aziyat chekishi aniqlandi. Rossiya sudi uni majburiy davolanishga yubordi, deb yozadi SHOT.

Sud jarayonida 20 yoshli Asqar tarjimon yordamida ham unga aytilgan gaplarni va savollarni tushunmay, to’xtab-to’xtab savollarga javob bergan. Sud qarori bilan tojikistonlik muhojir yaqin kelajakni psixiatriya shifoxonasida majburiy davolanish bilan o’tkazadi.

18-iyun kuni kechqurun Asqar Moskvaning Yujnoye Butovo rayonidagi cherkovga kirib shamlarni o‘chirgan so’ng chiqishda bir ayolni itarib yuborgan edi. Uning bu xatti-harakatlari videosi internetda keskin noroziliklarga sabab bo’ldi.

Natijada politsiya uni qo’lga olib, javobgarlikka toirtgan. Sudda huquqbuzar ruhiy kasal ekani aniqlangan.

Bu jamoatchilikda rezonans uyg’otgan voqealardagi muhojirlarning ruhiy xasta ekani aniqlangan holat emas. 2023-yil avgust oyida 20 yoshli Shaxzod Jo‘raboyev kalta kiyimi uchun bir qizga hujum qilgan edi. Keyinroq Shaxzod bemorligi, anchadan beri shizofreniya bilan og’rishi aniqlangan. Uning kasalligi haqida barcha qarindoshlari, jumladan, uni Rossiyaga ishlash uchun olib kelgan otasi ham bilgan.

Rossiyada ruhiy kasal muhojirlar og‘ir jinoyatlarni ham sodir etgan. Masalan, 2016-yilda enaga bo‘lib ishlagan o‘zbekistonlik Gulchehra Boboqulova o‘zi qarab kelayotgan 4 yoshli qizchani o‘ldirib, boshini kesib tashlagan edi. Sud-tibbiy ekspertizasida Gulchehra Boboqulova uzoq yillardan buyon shizofreniyadan aziyat chekishi aniqlanib, u majburiy davolanish jazosiga tortilgan edi.

Ruhiy salomatlik mavzusi postsovet hududidagi eng tabu – yopiq mavzulardan biridir.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya