Maqola

189 25/06/2024

Moskvadagi cherkovda shamni o‘chirgan muhojir haqida yangi ma’lumotlar tarqaldi.

Tojikiston fuqarosi majburiy davolanishga yuboriladi, deb xabar bermoqda Rossiya poytaxti Tergov qo‘mitasi o‘zining telegram-kanalida.

18-iyun kuni bu fuqaroga nisbatan «pravoslav dindorlarining diniy tuyg‘ularini haqorat qilish maqsadida cherkov binolarida shamlarni o‘chirgan va cherkov a’zosiga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgan» degan ayblov bilan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 148-moddasi 4-qismi “b” bandi (vijdon va din erkinligi huquqini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Tekshiruv davomida keng qamrovli sud-psixologik-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazilib, uning majburiy davolanishga muhtojligi aniqlangan. Ekspertiza shuni ko‘rsatdiki, voqea sodir bo‘lgan paytda u ruhiy kasallik tufayli o‘z harakatlarining mohiyati va xavfliligini anglay olmagan.

Jinoyat ishi tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror bilan keyinchalik sudga yuborish uchun o‘tkazildi.

Biroq ijtimoiy tarmoqlardagi Rossiya fuqarolari uning ruhiy holatidan bexabar, uni ayblay boshladi. Bu holat shoshilinch xulosalar chiqarish va ayblovlar qo‘yishdan oldin odamlarning xatti-harakatlarini baholash va ruhiy salomatlik bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tushunishda ehtiyotkor bo‘lish muhimligini bildiradi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya