Maqola

384 13/11/2025

Bandlik va kambag‘alllikni kamaytirish vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, 2025-yilning dastlabki to’qqiz oyida 1,86 million kishi chet elga ishlash uchun ketgan – bu o’tgan yilga nisbatan qariyb 40% ko’p.

O’zbekiston aholisi hozirda taxminan 37,8 million kishini tashkil etadi, ulardan 20,35 millioni mehnat resurslari hisoblanadi. Ulardan 14,81 millioni doimiy ish bilan band. Ikki millionga yaqin fuqaro chet elda – Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya va boshqa mamlakatlarda ish izlashga qaror qilgan.

Vazirlikning ta’kidlashicha, mehnat migratsiyasining o’sishi ichki mehnat bozoridagi yuqori raqobat bilan bog’liq. Shu bilan birga, mamlakatda ishsizlik darajasi o’tgan yilga nisbatan 0,8% ga kamayib 4,9% gacha pasaygan.

Eng katta o’sish vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda kuzatildi. Rasmiy sektorda hozirda 8,58 million kishi, norasmiy sektorda esa 4,38 million kishi ishlaydi, bu avvalgi ko’rsatkichga nisbatan chorak baravar kam.

Taqqoslash uchun, 2024-yilda taxminan 1,3 million o’zbekistonlik chet elda ishlagan bo’lsa, hozirda ularning soni qariyb yarim millionga ko’paygan.

2025-yilda o’zbekmehnat migrantlarining aksariyati Rossiya va Qozog’iston davlatlariga bormoqda. Rossiyada 1,8 milliondan ortiq o’zbeklar bo‘lib, ularning taxminan 70 foizi ishlash uchun kelgan. Qozog’iston migrantlar soni bo’yicha ikkinchi o’rinda – 1,5 million, ularning aksariyati shaxsiy sayohat va ish uchun kelgan. Shuningdek, Tojikiston va Qirg’izistonga ham katta miqdordagi migrantlar oqimi yo’nalmoqda, Janubiy Koreya, Turkiya, Yevropa va Shimoliy Amerikaga talabalar va mehnat migrantlari soni asta-sekin o’sib bormoqda.

Yevropada o’zbek migrantlari ko’pincha Polsha, Litva, Germaniya va Latviyani tanlaydi, Buyuk Britaniya va Yaqin Sharqqa qiziqish esa so’nggi yillarda oshdi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardagi yirik bandlik dasturlari Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Isroil, Kanada, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoniga 2025-yilda 200 000 dan ortiq Oʻzbekiston fuqarolarini jalb qilishi kutilmoqda. Yangi yoʻnalishlarga migratsiyaning oʻsishiga qaramay, Rossiya va Qozogʻiston tarixiy, madaniy va iqtisodiy aloqalar tufayli oʻzbek migrantlari uchun asosiy yoʻnalish boʻlib qolmoqda.

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya