55 03/05/2024

Bir kun avval ikki erkak pichoq jarohatlari bilan Chexov shifoxonasiga olib ketilgan edi. Rossiya Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Chexov shahrining Promishlennaya ko‘chasida 27 va 37 yoshli ikki mahalliy fuqaro noma’lum shaxslar bilan og‘zaki janjallashib qolgan. Mojaro mushtlashuvga aylanib, unda sovuq qurollar ham qo‘llanilgan.

Tezkor xodimlarning tezkor surishtiruv ishlari natijasida uch nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Mamlakatni tark etishni rejalashtirgan ularning ikki nafari Vnukovo ayeroportida ushlangan. Uchinchisi Chexovning o‘zida hibsga olingan. Uchalasi ham Markaziy Osiyodan kelganlar bo‘lib, ularning yoshi 20 yoshdan 31 yoshgacha.

Qo‘lga olinganlarga nisbatan 111-modda “Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация